Eronga qarshi uchrashuvdan so'ng Ravshan Haydarov nimalar dedi?
11 jan 08:32
Yangiliklar
Eronga qarshi uchrashuvdan so'ng Ravshan Haydarov nimalar dedi?
O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Eronga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Eronga qarshi ochiq futbol ko'rsatish qiyin edi. Raqib tarkibida jismoniy jihatdan kuchli futbolchilar etarli bo'lgani uchun biz shunga mos reja tuzib chiqdik. Bundan tashqari, taktik jihatdan ham aniq ishlangan rejalarimiz bor edi. Biz asosan uzun uzatmalar orqali hujumlarni tashkil qilishga urindik. Sababi yaqin masofaga pas o'ynab, raqibga pressing qilish xavfli edi. Bugun raqib himoyasi ancha tepada o'ynadi. Birinchi 45 daqiqalikda bir nechta yaxshi hujumlar tashkil qildik.
Raqibdan qo'rqib o'ynamadik. Shunchaki biz tartibli futbol o'ynashga intilyapmiz. Erondek kuchli raqiblar bilan o'ynab, yanada shakllanamiz", - dedi Haydarov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar