Jiru: "Evropa Ligasi biz uchun juda muhim"
02 okt 2025 18:08
Yangiliklar
Jiru: "Evropa Ligasi biz uchun juda muhim"
"Men juda ko'p yosh o'yinchilarga ega bu jamoani iloji boricha yuqoriga ko'tarmoqchiman. Evropa Ligasi biz uchun juda muhim. Bu mavsumda oldimizga juda ko'p maqsadlar qo'yganmiz va biz Evropa Ligasida muvaffaqiyat qozonishni istaymiz. "Roma" bilan o'yin oldidan ozgina hayajondaman. Jarima maydoni – mening uyim. Menga jamoadoshlarim kerak: biz jamoa bo'lib o'ynaymiz va men ular bilan yaxshi kelishaman. Umid qilamanki, sheriklarim meni ichkarida topa olishadi", – dedi 39 yoshli forvard.
Jiru UEFA Kubogi/Evropa Ligasi o'yinida zaxiradan tushib, gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylangan. Hujumchi Evropa Ligasi doirasida "Brann"ga (2:1) qarshi kechgan o'yinning 67-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan va 80-daqiqada to'p kiritgandi.
"Lill" bugun Evropa Ligasining 2-turi doirasida safard "Roma"ga qarshi maydonda saf tortadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar