So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  0 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  3 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Terma jamoa darvozaboni, Qosimovni yutgan murabbiy, 21 yoshli futbolchi - Superligada 23-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Terma jamoa darvozaboni, Qosimovni yutgan murabbiy, 21 yoshli futbolchi - Superligada 23-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 23-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 23-turning eng yaxshi darvozaboni – Botirali Ergashev ("Neftchi")

"Neftchi" bu tur Jizzaxda "So'g'diyona" bilan bellashdi va safardan 1:0 hisobidagi g'alabaga erishdi. Terma jamoamiz azosi o'yin davomida 7 marta raqib zarbalarini qaytarishga erishdi va o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Championat.asia xodimlari muhokamalardan so'ng Botirali Ergashevni 23-turining eng yaxshi darvozaboni deb topdi.

 

Championat.asia sayti talqinida 23-turning eng yaxshi murabbiyi – Maksim Shackix ("Andijon")

Maksim Shackix bosh murabbiyligidagi "Andijon" ushbu tur o'z uyida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMKni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Qosimov bunga qadar murabbiy sifatida "Andijon" bilan 21 marta to'qnash kelgan va umuman yutqazmagandi. Shackix boshchiligidagi andijonliklar nihoyat bu ananaga barham bera olishdi. Shu tariqa, "Andijon" ustozi 23-turning eng yaxshi murabbiyi deya etirof etidi.  


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 23-turning eng yaxshi futbolchisi – Anvar Hojimirzaev ("Dinamo")

"Dinamo" bu tur Samarqandda "Sho'rtan"ni 2:0 hisobida taslim qildi va chempionlik uchun kurashni davom ettirdi. Bu uchrashuvda "Dinamo" etakchisi Anvar Hojimirzaev hisobni ochdi va bahs davomida faol harakat qildi. Shu bois, Anvar Hojimirzaev Championat.asia ijodkorlari tomonidan tur futbolchisi nomiga loyiq ko'rildi.   


Championat.asia sayti talqinida 23-turning eng chiroyli goli muallifi – Amir To'raqulov ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" Qo'qonda "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ldi va 2:2 hisobida durang o'ynadi. Bahsning 40-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Amir To'raqulov jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba bilan gol urdi. Aynan shu gol Championat.asia talqinida turdagi eng chiroylisi deb topildi. 


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика