De Yong: "PSJ ikkinchi bo'limda "Barselona"dan kuchliroq edi"
02 okt 14:58
Yangiliklar
De Yong: "PSJ ikkinchi bo'limda "Barselona"dan kuchliroq edi"
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Chempionlar Ligasining 2-turida PSJdan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.
"Hammasi juda xafa qilarli. So'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborib, mag'lub bo'lish – bu og'ir yurak bilan ortga qaytish. Ikkinchi bo'limda ular bizdan kuchliroq edi. Lekin biz ham yuqori saviyadagi jamoamiz, birinchi bo'limda biz yaxshiroq edik. Biz kuchayishimiz kerak va shunday qilamiz", – dedi de Yong.
PSJ 6 ochko bilan turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda. "Barselona" 3 ochko bilan 16-o'rinda ketmoqda.
Parijliklar 3-turda "Bayer"ga qarshi, kataloniyaliklar esa "Olimpiakos"ga qarshi maydonga tushadi. Har ikki o'yin 21 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Нефтчи" Ғузорда ишончли ғалабага эришди
Fikrlar