

PSJ - “Arsenal” 1:1
Gollar: 6 - Kay Xaverc, 65 - Usman Dembele
PSJ: 39. Matvey Safonov, 5. Markinos (6. Ilya Zabarniy, 106’), 51. Vilyam Pacho, 25. Nunu Mendesh, 2. Ashraf Xakimi, 87. Joau Nevesh, 17. Vitinya (4. Lukas Beraldo, 106’), 8. Fabian Ruis (33. Uorren Zair-Emeri, 95’), 14. Dezire Due, 7. Xvicha Kvaratsxeliya (29. Bredli Barkolya, 83’), 10. Usman Dembele (9. Gonsalu Ramush, 90+6’).
Zaxira: 30. Lyuka Shevale, 89. Renato Marin, 21. Lukas Ernandes, 19. Li Kan In, 27. Dro Fernandes, 24. Senni Mayulu, 49. Ibragim Mbaye.
“Arsenal”: 1. David Rayya, 2. Vilyam Saliba, 6. Gabriel Magalyayns, 49. Maylz Lyuis-Skelli (36. Martin Subimendi, 91’), 3. Kristyan Moskera (12. Yurrien Timber, 66’), 5. Pero Inkape, 19. Leandro Trossard (11. Gabriel Martinelli, 83’), 41. Deklan Rays, 8. Martin Edegor (14. Viktor Gyokeresh, 66’), 7. Bukayo Saka (20. Noni Madueke, 83’), 29. Kay Xaverc (10. Eberechi Eze, 91’).
Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 33. Rikkardo Kalafori, 16. Kristian Nyorgor, 23. Mikel Merino, 56. Maks Doumen, 9. Gabriel Jezus.
Ogohlantirishlar: 46 - Kristyan Moskera, 54 - Bukayo Saka, 90+6 - Joau Nevesh, 98 - Viktor Gyokeresh, 103 - Deklan Rays, 103 - Mikel Arteta (“Arsenal” bosh murabbiyi, maydon chetida), 118 - Nunu Mendesh
PSJ - ketma-ket ikkinchi bor YCHL chempioni bo'ldi!

Yakuniy hisob - 4:3

O'ninchi zarba - Gabriel GOL UROLMADI!
To'qqizinchi zarba - Beraldo gol urdi!
Sakkizinchi zarba - Martinelli hisobni tenglashtirdi!
Ettinchi zarba - Ashraf Hakimi yana jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi!
Oltinchi zarba - Deklan Rays gol urib, muvozanatni tikladi!
Beshinchi zarba - Nuno Mendesh ham gol UROLMADI!
To'rtinchi zarba - Eze gol ura OLMADI!
Uchinchi zarba - Due ham gol ura oldi!
Ikkinchi zarba - Gyokeresh ham aniq amalga oshirdi penaltini!
Birinchi zarba - Ramush gol urdi!
Penaltilar seriyasi boshlanmoqda.
🕛 120+2. Qo'shimcha bo'limlar ham yakunlandi, endi navbat - penaltilar seriyasiga!
120. O'yinning to'rtinchi bo'limiga 1 daqiqa qo'shib berildi.
120. Gyokereshning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi rekoshet bo'lib, maydonni tark etdi.
119. Timberning o'tkir burchakdan bergan zarbasi noaniq bo'ldi…
117. Due… fransiyalik futbolchining zarbasidan so'ng Rayya jamoasini qutqardi!
114. Endi londonliklar faollikni oshirmoqda, so'nggi daqiqalar, shubhasiz, “yonadi”.

107. Rayya o'ziga kelayotgan to'pni qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi, sal qolsa raqiblari darvozani ishg'ol qilishi mumkin edi…
🕘 106. So'nggi bo'lim boshlandi!
🕛 105+2. Birinchi ekstra-taym yakuniga etdi.
105. Birinchi qo'shimcha bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

102. Madueke PSJ jarima maydonchasi ichida yiqildi, bosh hakam o'yinni davom ettirishni bildirdi.
100. Ashraf Hakimining uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
94. Qo'shimcha daqiqalarning birinchisini “Arsenal” yaxshi boshladi.
🕘 91. Uchinchi bo'limga start berildi!
📊 O'yinning asosiy vaqtidan keyingi statistika:
To'p nazorati - 75% - 25%
Darvoza tomon zarbalar - 18 - 4
Aniq zarbalar - 3 - 1
Burchak zarbalar - 10 - 0
Uzatmalar aniqligi - 91% - 68%
Seyvlar - 0 - 2
🕛 90+8. Finalning asosiy vaqti tugadi, buyog'iga navbatda qo'shimcha bo'limlarga.
90+7. Barkolya katta tezlikda oldinga yurish qilib darvozaga zarba berdi, biroq noaniq ketdi…
90+6. Dembele zaxiraga olindi, katta ehtimol bunga jarohat sabab bo'ldi.
90. Finalning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi!
88. Vitinyaning zarbasi aniq bo'lmadi.
86. Parijda tezlik yuqori, qarshi hujumlarda raqibini “ushlamoqchi”.
85. Londonliklar raqib jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyat yaratdi, biroq yakuniy zarba berilmadi.
83. O'yinning asosiy vaqtiga yakuniga 7 daqiqa qolganda ikki jamoada ham o'zgarishlar amalga oshirildi.
77. Xvicha!!! Chap qanotdan juda katta tezlikda oldinga yurish qilib zarba berdi, Lyuis-Skelli to'pni burib yubordi…
73. Vitinyaning kuchli zarbasi birozgina noaniq ketdi…
72. Rayyaning uzatmasi noaniq bo'ldi, Ashraf Dembelega pas berdi, Usmonning zarbasi esa noaniq.
70. Jamoalar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun yana qisqa tanaffus berildi.
66. Arteta bir vaqtning o'zida ikkita futbolchini almashtirdi.
66. Hisob tenglashdi, barchasi qaytadan boshlanadi yana! Zo'r o'yin!

⚽️ 65. GOL! Dembele penaltini aniq amalga oshirdi!
63. Moskera gruziyalik futbolchini yiqitdi, vaholanki himoyachida sariq kartochka bor.
62. Penalti! Xvicha yiqitildi! “Arsenal” darvozasi tomon!
60. London klubi to'liq himoyalangan. Parij xavfli hujum tashkil etishda ojiz qolmoqda, hozircha.
55. Ayni vaqtga kelib londonliklarning ikki o'ng qanot futbolchisi sariq kartochka oldi, buyog'iga PSJ chapdan hujumlarni kuchaytiradi.
53. Bo'lim juda yuqori tempda boshlandi, PSJ faol anchagina.
🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
📊 Birinchi bo'limdan keyingi statistika:
To'p nazorati - 77% - 23%
Darvoza tomon zarbalar - 6 - 2
Aniq zarbalar - 1 - 1
Burchak zarbalar - 4 - 0
Uzatmalar aniqligi - 89% - 66%
Seyvlar - 1 - 1
🕘 45+7. Finalning dastlabki bo'limi yakunlandi. Bosh hakam tugatishdan avval “Arsenal”ga burchak to'pi bergan edi, biroq kutmadi amalga oshirishni.
45+5. Ruisning chapdan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng Rayya to'pni arang ushlab oldi…
45+3. Haverc jarima maydonchasiga kirib, zarba berdi, biroq rekoshetga uchrab, to'p Safonovga kelib tushdi.
45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.
45. Dembelening zarbasi anchagina noaniq ketdi.
43. Mendesh chapdan jarima maydonchasi ichiga kirib borib, to'pni uzatdi, Ruisning zarbasi noaniq bo'ldi.
40. O'tgan vaqt ichida londonliklar himoyasi shu qadar aniq va chiroyli o'ynayaptiki, Parij hech narsa qila olmayapti.
31. Mendesh raqib jarima maydonchasi ichida yotibdi, PSJ esa o'yinni davom ettirmoqda.
26. Trossard zarba berayotganda to'pga emas, Safonovning boshiga tegib ketdi.
24. Qaytdi jamoalar, o'yin davom etadi.
23. Futbolchilar suv ichib olishi uchun qisqa tanaffus berildi.
21. To'p nazorati to'liq PSJda. Jamoa raqib jarima maydonchasiga kirishga imkoniyat topolmayapti.
16. “Arsenal” jarima maydonchasi ichida Sakaning qo'liga to'p tekkan bo'lishi mumkin. Parijliklar etiroz bildirmoqda.
13. Fabian Ruisning zarbasi aniq bo'lmadi.
🔍 Fakt: Bilasizmi, Kay Haverc yana finalda gol urmoqda. Uning 2020/2021 yilgi mavsumdagi YCHL finalida “Man Siti” darvozasiga urgan goli “Chelsi”ga chempionlik keltirgandi.
11. Duening uzatmasini londonlik himoyachilar qaytardi, to'p Xvichaga yetib kelmadi.
9. “Arsenal” yana oldinga yurish qilmoqda, hozircha Enrike shogirdlaridan javob ko'rmayapmiz.
7. Tezkor gol urdi londonliklar, buyog'iga Parij nima qiladi, kuzatamiz.

⚽️ 6. GOL! Haverc hisobni ochdi! Kay bo'sh qolgan hududdan oldinga yurish qildi va darvozaga zarba berib, gol urdi!
4. Uchrashuv yuqori tempda boshlanmadi, jamoalar hujumga shoshilishmayapti.
🕛 1. Finalga start berildi!


Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Yevropa Chempionlar ligasi final uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



