So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

"SHerlar" "katta ov"ga chiqishmoqda Yangiliklar

"SHerlar" "katta ov"ga chiqishmoqda

Nihoyat, bugun OCHL markazlashgan o'yinlari start oladi.

Musobaqaning "B" guruhidan o'rin olgan O'zbekiston chempioni "Paxtakor" Saudiya Arabistoni chempioni va CHempionlar ligasining amaldagi g'olibi "Al Hilol" bilan kuch sinashadi.

Hujum qilishdan charchamaydigan "Al Hilol"

"Al Hilol" Osiyoning eng kuchli jamoasi, amalda ham shunday. Har bir chiziqda kuchli o'yinchilar yig'ilgan, zaxirasi keng va kuchli. SHu sabab Rezvan Luchesku doim rotaciya qiladi. Jamoaning oxirgi o'yinlariga nazar soladigan bo'lsak faqatgina hujumkor o'yinchilar almashmaydi. O'ng qanotda Karrilo, chapda tinib-tinchimas Salim Al Dovsari, hujum ortida Jovinko va eng oldinda Bafetimbi Gomis. Qolgan barcha chiziqlarda doimo rotaciyaga qo'l uriladi.

Murabbiy qo'l ostida uch nafar ajoyib qanot himoyachilari bor. Ulardan Yosir Al SHahroni va Madallah Ali Ololayan har ikki qanotda harakat qila oladi. Muhammad Al Burayk esa o'ngda o'ynaydi. Ayni uch himoyachi almashib to'p tepadi. Bugun Al Burayk koronavirusga chalinganlardan biri ekanligi haqida xabar bergandik. Demak, himoyaning o'ngida Ololayan, chapida SHahroni bo'ladi. Odatda murabbiylar markaziy himoyada ko'p ham rotaciya qilavermaydilar. Ammo, bugun to'qnash keladiganlar bundan mustasno. Arveladze ham, Luchesku ham bu chiziqda tez-tez o'zgartirishlarga qo'l uradi. "Hilol"ning oxirgi bellashuvlarini kuzatib chiqar ekansiz, aynan qaysi ikki himoyachi asosiy tarkibda tushishini aniq aytib bera olmaysiz. Jan Xyun Su boshlang'ichda bo'lishi deyarli aniq, unga esa Ali Al Bulayhi, Abdulloh Al Hafiz va Muhammad Jahfalidan biri sherik bo'ladi. "Paxtakor" ikkinchi qavatda yaxshi ekanligini inobatga olsak, saudiyaliklar ustozi nisbatan bo'yi balandroq va bosh bilan yaxshiroq harakatlanadigan Al Hafizni tanlasa kerak.

Rezvan janoblari ikkita markaziy yarim himoyachi bilan o'ynashni yoqtiradi. Bunda ulardan biri ko'proq himoyalanishga, ikkinchisi ko'proq hujumga o'tishga moslashgan bo'ladi. Bu tomonlama ham xuddi "Paxtakor"ga o'xshash holat. Jamoa tarkibida markaziy yarim himoyachilar ko'p va ular doimo almashib tushishadi. Ammo, kolumbiyalik Gustavo Guellar limit sabab "zayavka" qilinmagan bo'lsa, klub afsonasi Al SHalhubdan keyingi sardor Salmon Al Faraj Covid-19ga topshirgan testi ijobiy chiqqani bois karantinda. Demak, bugun raqib markazdagi eng kuchli ikki futbolchisisiz tushadi.


"Al Hilol"ning bugungi o'yinga taxminiy tarkibi:

4-2-3-1

Darvozabon: 1.Abdulloh Al Muayuf.

Himoyachilar: 23.Madallah Ali Ololayan, 20.Jan Xyun Su, 17.Abdulloh Al Hafiz, 12.Yosir SHahroni.

Yarim himoyachilar: 28.Muhammad Kanno, 16.Nossir Al Davsari, 19.Andre Karrilo, 29.Salim Al Davsari, 9.Sebastyan Jovinko.

Hujumchi: 18.Bafetimbi Gomis.

Har holda hozirgi holatdan kelib chiqsak, riyodliklarning eng kuchli tarkibi aynan shunday.


Muhim o'yinga yo'qotishlarsiz etib kelgan "Paxtakor"

Mamlakatimiz chempioni CHempionlar ligasining muhim pallasiga yo'qotishlarsiz etib keldi. Aksincha, uzoq vaqt jarohatini davolash bilan mashg'ul bo'lgan Javohir Sidiqov, Akrom Komilov va Sadriddin Abdullaev safga qaytishdi va o'ynashga ham ulgurishdi. Sidiqov va Komilov ancha formaga kirib oldi. Dohaga kelishdan oldin Superliganing 3 o'yinida SHota Arveladze etarlicha rotaciyalarga qo'l urdi. Odatda, boshlang'ich tarkibga unchalik ko'p o'zgartirish kiritavermaydigan SHota Arveladze OCHL oldidan aksincha yo'l tutdi. Yani, deyarli hammaga imkon berdi va bu orqali kimlar tayyor ekanligini ko'rib oldi.

Bugun himoyaning qanotlarini Hojiakbar Alijonov va Farruh Sayfievlar egallashi ehtimoli katta. Markaziy himoyada Anzur va Egorni ko'rsak kerak. CHunki, SHerzod Azamov yaqindagina mikro jarohatdan qutuldi va keskin kurash kechishi kutilayotgan o'yinda uni tushirish biroz tavakkal bo'lib qolishi mumkin. Himoyachi mutlaqo to'liq tiklanib olishi zarur. Biz jamoa mashg'ulotlariga kira olmaymiz, shu sabab uning hozirgi holatidan bexabarmiz. Balki, u allaqachon to'liq tiklanib olgandir. Buni vaqt ko'rsatadi.

"Paxtakor" futbolchilarining OCHLdagi to'liq statistikasi (eksklyuziv malumot)

Markaziy yarim himoyada Hamrobekov va Sobirxo'jaev juftligini ko'rishga o'rganib qolganmiz, bugun ham katta ehtimol shunday bo'ladi. Abror Ismoilov ham oxirgi paytlarda juda yaxshi taassurot qoldirmoqda, uning o'yinida o'sish kuzatildi. SHu sabab zaxiradan tushgan paytda o'yinni buzib qo'ymayapti, aksincha kuchaytirmoqda.

Hujumkor to'rtlikda Hamdamov, Masharipov, CHeran va Sergeev tushishi ehtimoli yuqori. Superligada SHota Sidiqovni ko'p bor maydonga tushirdi va "tilla bola" formaga kirib bormoqda. Lekin, keskin yakka kurashlarda Hamdamov nisbatan chidamliroq va raqib jarima maydoni atrofida ochilishda ham Doston faolroq bo'ladi. Javohir esa o'sha yaxshi ochiladigan sheriklariga chiroyli paslar berishni qoyillatadi. Bugungi o'yin uchun taxminiy tarkib yozayotganimda Hamdamov torozi pallasini ko'proq bosdi. CHeran va Masharipov masalasida tortishish shart emas. Biri jamoaning miyasi bo'lsa, ikkinchisi yuragi. Hujumda esa bugungi kunda har tomonlama kuchliroq va yaxshiroq holatda bo'lgan Igor Sergeev egallasa kerak. U himoyachilarga bosim o'tkazishda ham Derdiyokdan ancha ustun. Maydonda tinimsiz mehnat qiladigan Igorni boshlang'ichda ko'rsak kerak.


"Paxtakor"ning bugungi o'yinga taxminiy tarkibi:

4-2-3-1

Darvozabon: 25.Eldorbek Suyunov.

Himoyachilar: 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 15.Egor Krimec, 34.Farruh Sayfiev.

Yarim himoyachilar: 20.Odil Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 17.Doston Hamdamov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan CHeran.

Hujumchi: 11. Igor Sergeev.


"Al Hilol"ning tezkor hujumlari kuchlimi yoki "Paxtakor"ning o'yini?

Luchesku jamoasi hujum qilishdan charchamaydi. Tezkor qanot o'yinchilari hisobiga jamoa juda tez oldinga o'tadi. Qanot himoyachilari ham, vingerlar ham tez va driblingi yaxshi o'yinchilar. Hujumlarni nazorat qilishni esa Jovinko qoyillatadi. Italiyalik OCHLda 2019 yil boshidan beri eng ko'p vaziyat (36 ta) yaratgan o'yinchi. "Paxtakor"ning miyasi CHeran bo'lsa, raqiblarda Jovinko. Hujumdagi to'rtlik bir-birini juda yaxshi tushunadi, kutilmagan kesma paslar ular uchun odatiy hol. Gomis esa istalgan nuqtadan zarba yo'llaydigan ajoyib hujumchi. "Paxtakor" himoyachilari unga zarba berish imkonini bermasliklari joiz, Gomis salgina imkon bo'lsa ham kuchli zarba yo'llaydi. Tepishga bermaslik kerak.

"Hilol"ning kuchli tomonlarini sanadik, endi kuchsiz tomoniga ham to'xtalsak to'g'ri bo'ladi. Ayni shu bugungi kunda eng katta muammo jamoaning markazida. SHu joyda eng kuchli va asosiy ikki o'yinchi (Al Faraj va Guellar) yo'qligini teparoqda yozdim. Demak, "Paxtakor" aynan markazda ustunlikni o'z qo'liga olishi mumkin va bu umumiy o'yin kartinkasiga ham tasir qilmay qolmaydi. Bunga faqat Jovinkoning mahorati halal berib qolishi mumkin. "Kichik aqlli"ning erkin o'ynashiga bermaslik orqali yaxshigina ustunlikka erishish mumkin. Saudiyaliklarning yana bir kuchsiz jihati - ikkinchi qavat. Jamoa ichki chempionatda o'tkazib yuborgan oxirgi gollarga qaraydigan bo'lsak, ular oyoqdan ko'ra bosh bilan ko'proq gol o'tkazib yuborishgan. Ikkinchi qavatda zo'r harakatlanadigan raqib ularga etarlicha muammo tug'dirishi mumkin.


"Paxtakor" ana o'sha jamoa. SHota bugungacha deyarli barcha shogirdlarini o'yinda sinab oldi va kerakli xulosalarni chiqargani aniq. "SHerlar"ga asosiy xavf har ikki qanotdan va Jovinkoning paslaridan keladi. Juda tez va yuqori driblingli qanot o'yinchilarini to'xtatish oson bo'lmasligi aniq. Himoyachilarga kuch-quvvat tilab qolamiz.

Toshkentliklar o'yinni nazorat qilishni yoqtirishadi, agar to'p nazorati shogirdlarida bo'lmasa murabbiy asabiylashadi. Superligadagi avgust va sentyabr oyidagi o'yinlardan kelib chiqsak, "sherlar"ning o'yini faqat o'sib bordi. Bu CHempionlar ligasida qo'l kelishi kerak. Raqibda Jovinko paslarni maromiga etkazsa, "Paxtakor"da CHeran ham undan qolishmaydi. Ularda Salim Al Dovsari himoyachilarni aldayverib, yugurtiraverib charchatib tashlasa, bizda Jaloliddin Masharipov kerak bo'lsa himoyachilar ustidan kulib o'ynay oladi. Ularda Gomis juda ko'p gol ursa, bizda Sergeev ketma-ket golli seriyani davom ettirib kelmoqda. Ularda Guellar va Al Faraj yo'q bo'lsa, bizda Hamrobekov hamda Sobirxo'jaev joyida.

OCHL. "Al Hilol" - "Paxtakor" o'yiniga oid qiziqarli malumotlar

Bir-biriga juda ham munosib raqiblar to'qnashuvi. Ularning taktik sxemasi ham bir xil — 4-2-3-1. Menimcha, bu turda bundan yaxshiroq va kuchliroq qarama-qarshilik yo'q. Bu turning markaziy o'yini, so'zsiz.

Tunda uhlab qolmang, afsuslanmaysiz!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика