"Arsenal" sardorining jarohati haqida malumot berdi
06 okt 14:03
Yangiliklar
"Arsenal" sardorining jarohati haqida malumot berdi
"Arsenal"ning etakchi yarim himoyachisi Martin Edegor APL doirasida "Vest Xem"ga qarshi o'yinda (2:0) jarohat oldi.
Klub norvegiyalik yarim himoyachining jarohati haqida to'xtaldi. Edegor chap tizzasining medial kollateral boylami jarohati tufayli Isroil va Yangi Zelandiyaga qarshi bo'lajak o'yinlarda Norvegiya terma jamoasi safida maydonga tusholmaydi.
Qayd etilishicha, Martin FIFA kunlari vaqtida "Arsenal" tibbiyot markazida davolanishni davom ettiradi.
Edegor ushbu mavsum elkasidagi muammo tufayli APL doirasidagi "Manchester Siti" (1:1), ECHL doirasidagi "Atletik Bilbao" (1:0) bilan o'yinlarni o'tkazib yubordi va "Nyukasl" (2:1) bilan bahsda zaxiradan maydonga tushdi.
26 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum "kanonirlar" tarkibida 7 o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
12:25
Niko Pas "Real" tufayli "Manchester Siti", "Liverpul”, "Chelsi" va "Arsenal" takliflarini rad etdi 3
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar