Arteta Gekereshga baho berdi
20 dek 2025 00:46
Yangiliklar
Arteta Gekereshga baho berdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Viktor Gekereshning jamoadagi ilk oylariga baho berdi.
"Menimcha shartnoma imzolaganimizdan buyon uning darajasi pasaygani yo'q. Bizga "to'qqizinchi" futbolchi kerak edi va biz buni uddaladik.
Biz aqlbovar qilmas statistikaga ega bo'lgan hujumchiga ega bo'ldik va u ligamizga hali moslashishi kerak. U mavsumoldi yig'inimizda bo'lgani yo'q. Shu sababli Viktorga dastlabki haftalar juda qiyin o'tdi, chunki jismoniy jihatdan unchalik yaxshi holatda emasdi.
Nafaqat Gekereshga, balki, bu ligada o'ynaydigan istalgan futbolchiga jismoniy holat juda muhim. Keyinchalik uning holati yaxshilandi, biroq jarohat orttirib oldi.
Viktor endigina qaytdi. Unda ko'plab ijobiy holatlarni ko'rdim. Shu sababli biz uni yaxshiroq tushunishimiz, kamchiliklari ustida ishlashimiz kerak", - dedi Arteta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar