OKMKning BAAdagi yig'iniga gruziyalik hujumchi kelib qo'shildi

Iskandarov Abdulaziz
24 yanv 2026, 10:08
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK jamoasi ayni paytda BAAda yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Kecha olmaliqliklar mazkur yig'in doirasidan o'rin olgan dastlabki nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Janubiy Koreyaning "Ulsan" jamoasi raqiblik qilgan o'yinda OKMK 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu bahsda "konchilar" safida gruziyalik hujumchi David Sxirtladze ham to'p tepdi va gol urdi. 

32 yoshli forvard Gruziyaning "Gareji" jamoasidan taklif qilindi. Futbolchining transfer qiymati 75 ming evroga baholangan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia