

Kecha olmaliqliklar mazkur yig'in doirasidan o'rin olgan dastlabki nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Janubiy Koreyaning "Ulsan" jamoasi raqiblik qilgan o'yinda OKMK 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu bahsda "konchilar" safida gruziyalik hujumchi David Sxirtladze ham to'p tepdi va gol urdi.
32 yoshli forvard Gruziyaning "Gareji" jamoasidan taklif qilindi. Futbolchining transfer qiymati 75 ming evroga baholangan.



