

"Tanqidlarga kelsak - men xotirjamman va bor e'tiborimni o'z ishimga qaratganman: futbolchilarga yordam berish va ularning bor imkoniyatlarini yuzaga chiqarish. Meni faqat ertangi o'yin tashvishga soladi: yaxshi o'ynash, uch ochkoni qo'lga kiritish, kurashish hamda individual va jamoaviy tarzda yuqori saviya ko'rsatish. Qolgan narsalar meni kamdan-kam hollarda bezovta qiladi", - deydi Arbeloa "qirollik klubi" rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, Ispaniya La Ligasining 20 turidan so'ng "Real" 48 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Madridliklar peshqadam "Barselona"dan bir ochkoga ortda qolishmoqda.



