

24-yanvardan - 14-fevralga qadar davom etadigan yig'inda jamoa bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Mashg'ulot jarayonida futbolchilarning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligini oshirishga alohida e'tibor qaratiladi.
Jamoa asosiy tarkibidan tashqari o'tgan mavsum o'rinbosarlar safida yaxshi harakat qilgan bir qator futbolchilar ham Turkiyadagi yig'inda ishtirok etadi.
Shuningdek, Turkiyadagi yig'inda jamoa safiga bir qator futbolchilar ham kelib, qo'shilishi kutilmoqda.
"Qo'qon-1912" jamoasining Antaliya yig'iniga yo'l olgan to'liq tarkib ro'yxati quyidagicha:
Sport direktori: Muxsinjon Nizomiddinov
Bosh murabbiy: Andrey Shipilov
Yordamchi murabbiy: Fevzi Davletov
Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy: Anatoliy Kurlaev
Fitnes bo'yicha murabbiy: Rasuljon Saydaliev
Darvozabonlar murabbiyi: Xurshid Xo'jaev
Ish yurituvchi: Maro'fjon Mo'minov
Mamur: Mamur Mansurov
Shifokor: Bobur Abdazov
Uqalovchilar: Najmiddinov Begmurod, Soliev Artur
Matbuot kotibi: Nig'monxo'ja Nozimov
Futbolchilar: Azizxon Isaqov, Rustam Nartadjiev, Asliddin Toshtemirov, Zafar Hakimov, Jasurbek Yoqubov, Shahzod Akramov, Alisher Salimov, Iqboljon Malikjonov, Muhriddin Pazlidinov, Muhammadanas Hasanov, Ibrohimjon Muxtorov, Ayyubxon Muxtorov, Hayotjon Mamatov, Andro Giorgadze, Shota Gvazava, Toma Tabatadze, G'ulomhaydar G'ulyamov, Shohruh Gadoev, Egor Kondratyuk, Javohir Sidiqov, Abdurashid Valiev, Xasanjon Ro'zmatov, Muhammadyusuf To'ychiev, Saidislombek Paxlavonov, Jasurbek Mahmudjonov, Hamzaxon Xo'jaev.
PS. Javohir Husanov Milliy terma jamoa yig'inida ishtirok etayotganligi sababli "shunqorlar" ixtiyoriga keyinroq qo'shiladi.



