

Payshanba kuni bir qator manbalar braziliyalik futbolchiga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqatdi.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, asosiy da'vogar Jiddaning "Al-Ahli" klubi hisoblanadi. Uning so'zlariga ko'ra, saudiyaliklar yulduzli hujumchiga 1 milliard evro miqdorida ulkan shartnoma taklif etishga tayyor.
Qayd etilishicha, futbolchining yaqin atrofi Saudiya Arabistoni vakillari bilan bir yildan ortiq vaqtdan beri aloqada.
Ayni paytda Vinisius Juniorning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi.



