So’nggi yangiliklar

13:05"Машъал" 17 йилдан кейин Қаршида "Насаф"дан 3 очко тортиб олди  0 12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  0 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  1 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  3 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  40 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  6 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  11 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  2 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  3 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  20 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  4

Asror Aliqulov: "Ko'p vaziyatlar yaratdik, lekin gol urishga kelganda muammoga yo'liqdik" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Ko'p vaziyatlar yaratdik, lekin gol urishga kelganda muammoga yo'liqdik"

Superliga 24-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "So'g'diyona" (1:2) uchrashuvidan so'ng g'uzorliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bugungi bahs naqadar qiymatli ekanini hammamiz tushunib turgandik. Afsus, yutqazib qo'ydik. Futbolchilarimiz oxirigacha kurashishdi faqat omad kelmadi. Ko'p vaziyatlar yaratdik, lekin gol urishga kelganda muammoga yo'liqdik.

- Jamoani yaqinda qabul qilib oldingiz. Futbolchilarda siz kutgan o'yinni namoyish qilishga harakat sezildimi?

- "Sho'rtan" har bir uchrashuvda kurashib kelmoqda. Jonkuyarlik, o'yinga o'zini bag'ishlash borasida jamoamiz futbolchilarida muammo ko'rmaganman. Bugun ham barcha qo'ldan kelgancha borini berdi. O'z omadimizni ko'proq raqib tomondan izladik, faqat oldinga o'tganda himoyani ham o'yladik, negaki raqib qarshi hujumda bizni jazolashi mumkin edi. Bahs yakunida Jasur Hakimovni maydonga tushirdik. Maqsadimiz gol urish edi.



- Bekzod Suvonovga bugun 6 daqiqa vaqt berildi. Bu kam emasmi?

- Biz o'yindan kelib chiqqan holda o'zgarishlarni amalga oshiramiz. Bekzodning tezkor ekanligini inobatga olib qatotda yordam berishiga umid qilgandik. Lekin bugun uning ham omadi kelmadi.

- Temur Mamasiddiqovda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi, lekin uni qo'llaydigan jamoadosh ko'rinmayapti.

- Mamasiddiqovda dribling yaxshi, u raqiblarni aldab o'tishni xush ko'radi. Albatta, u ham hali o'zini ko'rsatadi.

- "Sho'rtan" eng yaqin taqibchisidan 9 ochko ortda boryapti. Futbolchilar bilan uchrashuvda yoki suhbatlashganda ularning nigohida tushkun kayifyat sezilyaptimi? 

- To'g'risini aytsam, sezilyapti. Biz esa o'yinchilarni tezroq ruhiy tushkunlikdan chiqarib olishimiz kerak. Biz uchun har bir uchrashuv finalga teng bo'lyapti. Chindan ham 9 ochko katta farq. Buni qisqartirish yo'lida ishlaymiz.

- "Sho'rtan"ga kelishingiz qanday ro'y berdi? Adashmasak "Mashal" bilan shartnomangiz bor edi.

- Bilasiz, bungacha "Mashal" U-21 jamoasini boshqarib kelayotgandim. "Sho'rtan"dan taklif bo'lgani haqida xabar topgach, kelib ishlashga rozi bo'ldim. Bu o'rinda meni to'g'ri tushungani uchun "Mashal" bosh direktori Ilhom Qurbonovga rahmat aytaman. "Sho'rtan" ham men uchun begona emasligini hamma biladi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика