O'zbekiston terma jamoasi mashg'ulotlarga kirishdi

Sherzod Nurmatov
6 okt 2025, 18:27
O'zbekiston terma jamoasi bugun navbatdagi yig'inini boshladi.

Bugungi mashg'ulotlarda asosan tiklanish mashqlariga urg'u qaratildi. Terma jamoa yig'inida Rustam Ashurmatovdan boshqa barcha futbolchilar ishtirok etmoqda. "Istiqlol" kecha o'yin o'tkazgani bois himoyachi ertadan yig'inga qo'shiladi.

Kuvayt va Urugvay bilan o'yinlar uchun chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar: Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Neftchi"), Vladimir Nazarov ("Paxtakor")

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Istiqlol", Eron), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"), Farruh Sayfiev ("Neftchi"), Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Jahongir O'rozov ("Dinamo"), Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor"), Dilshod Saitov ("Paxtakor")

Yarim himoyachilar: Akmal Mozgovoy ("Baniyas", BAA), Abdurauf Bo'riev ("Paxtakor"), Odiljon Hamrobekov ("Traktor", Eron), Azizjon G'aniev ("Al Bataeh", BAA), Umarali Rahmonaliev ("Sabah", Ozarbayjon), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Otabek Shukurov ("Baniyas", BAA), Jamshid Iskanderov ("Neftchi"), Oston O'runov ("Persepolis", Eron), Abbosbek Fayzullaev ("Istanbul Bashakshexir", Turkiya), Nodir Abdurazzoqov (OKMK), Anvar Hojimirzaev ("Dinamo")

Hujumchilar: Rustam Turdimurodov ("Surxon"), Eldor Shomurodov ("Istanbul Bashakshexir", Turkiya), Igor Sergeev ("Paxtakor")

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston 9 oktyabr kuni Kuvaytga qarshi o'ynaydi. "Olimpiya" stadionidagi bahs 18:00 ga belgilangan. Shuningdek, milliy jamoa 13 oktyabr sanasida  Malayziyada Urugvay bilan bahs yuritadi. Uchrashuv 17:45 da boshlanadi.

Bugun terma jamoaga Fabio Kannavaro bosh murabbiy etib tayinlandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia