
2009-2015 yillarda “sherlar” uchun o'ynagan sobiq himoyachi Boyan Miladinovich “Paxtakor”da ish boshladi. O'z vaqtida sariq-ko'k ranglilar sardori bo'lgan Miladinovich Toshkent jamoasida sport direktori vazifasini bajaradi. Mutaxassis kecha “sherlar”ning Elit OCHL yo'llanmasi uchun o'yinini stadiondan kuzatdi.
Eslatib o'tamiz, Miladinovich “Paxtakor” safida 70 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.