"Neftchi" xavbeki muvaffaqiyatli operaciya qilindi

Sherzod Nurmatov
3 avg 2026, 19:25
Farg'onaliklar yarim himoyachisi Yovan Jokich “Navbahor”ga qarshi uchrashuv oldidan o'tkazilgan chigalyozdi mashg'ulotlari vaqtida avvalgi o'ng oyog'idagi axill payi jarohatini qayta his qildi.

“Chuqur tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko'ra, jarohatni jarrohlik yo'li bilan davolash tavsiya etildi. Shu maqsadda futbolchimiz Finlandiyaning Turku shahriga yo'l oldi va bugun muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.

Operaciya reja asosida muvaffaqiyatli yakunlandi. Shifokorlar tavsiyasiga ko'ra, Yovan endilikda reabilitaciya jarayonini boshlaydi. Rejaga muvofiq, u 2-3 oy davom etadigan tiklanish dasturidan so'ng jamoa mashg'ulotlariga qaytishi kutilmoqda”, – deyiladi xabarda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати