Rasman: Asror Aliqulov "Sho'rtan" bilan uch oylik sharnoma imzoladi
05 okt 11:05
Yangiliklar


Rasman: Asror Aliqulov "Sho'rtan" bilan uch oylik sharnoma imzoladi
Asror Aliqulov "Sho'rtan" jamoasiga qaytdi.
"Sho'rtan" futbol klubi murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi. Shu kungacha jamoaning bosh murabbiyi vazifasini bajarib kelgan Eldor Moyliev lavozimidan ozod etildi.
Klub rahbariyati qaroriga ko'ra, jamoamizga bosh murabbiy etib Asror Aliqulov tayinlandi. U bilan joriy mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolandi.
Ishonamizki, Asror Aliqulov boshchiligida "Sho'rtan" jamoasi mavsumni munosib tarzda yakunlab, elitadagi o'rnini mustahkamlaydi.
Shu bilan birga, Eldor Moyliev klub murabbiylar shtabida o'z faoliyatini davom ettiradi", - deyilgan g'uzorliklar matbuot xizmati tomonidan berilgan xabarda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar