Valverde O'zbekiston bilan o'yinda qatnashmaydimi?
06 okt 2025 17:51
Yangiliklar
Valverde O'zbekiston bilan o'yinda qatnashmaydimi?
Urugvay terma jamoasi "Real" futbolchisining xizmatlaridan foydalanmaydi.
Terma jamoa ustozi Marselo Belsa jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri, "Real" yarim himoyachisi Federiko Valverdeni bo'lajak o'yinlar uchun chaqirmaslikka qaror qildi.
2 karra jahon chempioni oktyabr oyida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 10 oktyabr kuni Dominikan Respublikasi, 13 oktyabr kuni esa O'zbekiston bilan kuch sinashadi.
"Ispaniya grandi vice-sardori Valverde hech qanday jarohat olmagani va sog'lig'ida hech qanday muammoga duch kelmaganiga qaramay, 27 yoshli futbolchiga dam berishga qaror qilingan", – deyiladi manbaning xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar