Gvardiola: "Umid qilamanki, futbolchilar terma jamoadan sog'lom qaytishadi"
06 okt 15:23
Yangiliklar


Gvardiola: "Umid qilamanki, futbolchilar terma jamoadan sog'lom qaytishadi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionatining 7-turida "Brentford" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:0) klubda o'sish kuzatilganini yuqori baholadi.
"Bu yaxshi o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limni ajoyib o'tkazdik, qo'limizdan kelganicha o'ynadik. Imkoniyatlarimiz bor edi, ammo Kellexer yaxshi seyvlar qildi. Umuman olganda, men bu oydan juda xursandman. "Manchester Yunayted" bilan o'yindan keyin biz ko'p jihatdan o'sishga erishdik. Umid qilamanki, futbolchilar terma jamoadan sog'lom qaytishadi", – dedi Gvardiola.
"Manchester Siti" 13 ochko jamg'arib, APL turnir jadvalida 5-o'ringa ko'tarilib oldi. Jamoa keyingi turda o'z maydonida "Everton" bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar