Saudiya jamoalari Barselona yetakchisiga super taklif bilan chiqishdi

Khoja
23 mar 2025, 10:53
Saudiya Arabistoni jamoalari Barselonaning yetakchisi Rafinyani qo'lga kiritishga yana bir bor urinib ko'rishmoqchi.

Ular futbolchiga katta vakolatlar beradigan shartnoma taklif qilishmoqda. Braziliyalik futbolchiga yiliga 100 million evrodan ko'proq to'lashga rozi. Biroq 28 yoshli futbolchining o'zi Saudiya borish niyatida emas. U Barselona safida qolib, yana bir necha yil yuqori darajada futbol ko'rsatmoqchi.

Rafinya joriy mavsum 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 27 ta gol va 18 ta golli uzatma bor. U ayni vaqtda Oltin to'pga asosiy da'vogarlardan biri bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com