So’nggi yangiliklar

01:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал" 3:0 (матнли трансляция)  140 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  0 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  18 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  3

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar Yangiliklar

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar

Teglar :  Osiyo futboli Osiyo
Muxlislar Osiyo futbol haqida yana ko'proq bilimga ega bo'lishni xohlashadi.

Albatta, Osiyoda futbolni yoritish darajasi Evropaga taqqoslaganda unchalik zo'r bo'lmasligi mumkin. Evropada va ayniqsa kuchli beshlik milliy chempionatlarida futbol allaqachon shou darajasiga chiqib bo'lgan. 

Lekin Osiyo ham ortda qolmaslikka harakat qilyapti va yildan yilga jamoalar, futbolchilar hamda ligalar bo'yicha yanada ko'proq malumotga ega bo'lib boryapmiz. SHu o'rinda qita futboliga oid bilishimiz kerak bo'lgan qiziqarli savol-javoblarni keltirib o'tamiz. 

Savol: Osiyo chempionlar ligasida barcha davrlarning eng yaxshi to'purari kim?

Javob: Janubiy Koreyalik hujumchi Li Dong Guk. Uning gollari soni 37tani tashkil qiladi. Li Dong Guk OCHLdagi oxirgi golini 2019 yil "CHonbuk" safida "Beyjing" darvozasiga kiritgan. 


Savol: Bu qaysi stadion?

Javob: Bu Jakartadagi "Bung Karno" stadioni bo'lib, sig'imi 62,198 tomoshabinga mo'ljallangan. 


Savol: Osiyo Kubogi birinchi marta qachon va qaerda tashkil qilingan?

 Javob: Osiyo Kubogi ilk bor 1956 yil Gonkongda o'tkazilgan bo'lib, bunda to'rtta jamoa ishtirok etgan va yakunda Janubiy Koreya g'oliblikni qo'lga kiritgan. 


Savol: OCHLda g'olib bo'lgan Avstraliyaning dastlabki klubi qaysi?

Javob: "Vestern Sidney". Bu klub 2012 yil tashkil topgan bo'lishiga qaramay, 2014 yil OCHL finaliga qadar borib hal qiluvchi bahsda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubidan ustun kelgan. Avstraliyada "Vestern" futbolchilari 1:0 hisobida zafar quchib, safarda 0:0 o'ynashgan. 


Savol: Son Xyong Min APLdagi ilk golini qaysi jamoaga urgan?

Javob: "Kristal Pelas"ga. 2015 yilning 28 avgust kuni "Tottenxem" safiga qo'shilgan Son Xyong Min APLdagi ilk golini 20 sentyabr kuni "Kristal Pelas" darvozasiga kiritgan. Bu o'yindagi yagona gol bo'lgan.


Savol: Ayollar o'rtasida kim eng ko'p "Osiyoning eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan?

Javob: Aya Miyama. U uch marta (2011, 2012, 2015) yillari "Osiyoning eng yaxshi futbolchisi" deya tan olingan. Aya Miyama Yaponiya ayollar terma jamoasi sardori sifatida 2015 yilgi jahon chempionatida jamoasini final sari etaklab yakunda kumush medallarga ega chiqqan. 


Savol: Almuaz Ali eronlik hujumchi Ali Dayining rekordini yangilash uchun Osiyo Kubogida nechta gol urgan?

 Javob: 9ta. Qatar terma jamoasi hujumchisi Osiyo Kubogi-2019 guruh bosqichining o'zidayoq 7ta gol urdi. Yarim finalda BAA darvozasiga to'p kiritib gollari sonini 8taga etkazib olgan hujumchi finalda ham o'zini ko'rsatishga erishdi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика