"U yaqin kunlarda kelishini eshitdim. Barchasi dushanba kuni hal bo'ladi" - MTJ murabbiyi Kannavaro haqida
		
		04 okt 09:40
        Yangiliklar	
	 
				 
				"U yaqin kunlarda kelishini eshitdim. Barchasi dushanba kuni hal bo'ladi" - MTJ murabbiyi Kannavaro haqida
- Janob Radmanovich, hozirgi vaqtda Fabio Kannavaroning O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi keng muhokama qilinmoqda. Siz ham bundan xabardorsiz. Ushbu yangilik haqida qanday fikrdasiz?
- Biz bu haqda hech nima bilmaymiz.
- Demak, siz ham ushbu yangilikni OAV orqali bildingiz, to'g'rimi?
- Ha. Biz ham hech nimadan xabardor emasmiz. Nima bo'lishini bilmaymiz. U yaqin kunlarda kelishini eshitdim.
- O'FA sizlarni, yani amaldagi murabbiylar shtabini ushbu ishlar haqida ogohlantirdimi? O'FA sizlarni xabardor qildimi?
- Bu sir bo'la qolsin va men ushbu sirni ayta olmayman. Kannavaro balki kelar, balki kelmas. Bu hali aniq emas va nima bo'lishini hech kim bilmaydi.
- Demak, sizningcha muzokaralar hali tugaman to'g'rimi?
- Ha.
- Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabi terma jamoani Malayziyadagi o'rtoqlik o'yiniga olib boradimi yoki bunga qadar yangi murabbiy tayinlanadimi? O'FA amaldagi murabbiylar shtabi uchun Malayziyaga aviachipta olganmikin?
- Barchasi dushanba kuni hal bo'ladi. Men hozircha hech qanday malumotga ega emasman.

O’xshash yangiliklar
 championat.asia
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	 
             
  "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
                    "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
                    Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
                    Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
                    Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar
Салом Каннаваро! Олға Ўзбекистон!
Temur ketsa ketaversin, muammo hozirgi lanj, mavhumlikda. Shatta-shartta tayinlab, tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerak emasmidi?
Temur Kopadzega ham yangi keladigan murabbiyga ham to'liq o'zining istaganini tekshirishga imkon yo'q ushbu holatda.
Bunaqa bosh-boshdoqlikning oqibati juda yomon bo'lishi mumkin.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ сардори Одил Аҳмедов мураббийлар ва футболчиларга даҳлдор танловини очиқ-ойдин айтди. "Катанец ёки Кападзе? Албатта Катанецнинг меҳнати кўп, шунинг учун словенияликни танлайман. Машарипов ёки Шомуродов? Элдор. Файзуллаев ёки Ҳусанов? Аббос. Дембеле ёки Ямал? Ламин" – деди ЎФА вице-президенти Одил Аҳмедов.
Манба: "InterFutbol" газетаси, 02.10.2025, 78-сон, 15-саҳифа.