“Oltin to'p” sohibi Xitoy termasini boshqaradi
15 mar 2019 22:00
Yangiliklar


“Oltin to'p” sohibi Xitoy termasini boshqaradi
Italiyalik sobiq himoyachi Fabio Kannavaro Xitoy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
BBC’ning xabariga ko'ra, hozirda “Guanchjou Evergrand” bosh murabbiyi hisoblangan Kannavaro terma jamoa boshqaruvini klub bilan birgalikda olib boradi.
45 yoshli mutaxassis Marchello Lippining o'rnini egalladi. Lippi Osiyo kubogi-2019dagi qoniqarsiz natijadan so'ng istefoga chiqarilgan edi. Xabar berilishicha, Fabio Kannavaroga Marchello Lippi maslahatchi iurabbiy sifatida yordam beradi.
Xitoy terma jamoasi Kannavaro qo'l ostida ilk uchrashuvini 21 mart kuni Tayland termasiga qarshi o'tkazadi. “Oltin to'p” sohibi 2017 yildan boshlab “Guanchjou Evergrand”ni boshqarib kelmoqda. Xitoy klubi Fabio Kannavaro murabbiyligida 2016/17 mavsum Xitoy liga kubogida chempion bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar