"Bavariya" uchinchi libosini taqdim etdi – unda 1920 yillardagi logotip tasvirlangan
02 avg 2025 16:51
Yangiliklar
"Bavariya" uchinchi libosini taqdim etdi – unda 1920 yillardagi logotip tasvirlangan
Germaniya klubi Evropa Chempionlar ligasiga mo'ljallangan qora rangli uchinchi formasini taqdim etdi.
Futbolka qora rangda bo'lib, katak naqshlar bilan bezatilgan. Eng uchi va yoqalarida qizil naqsh hamda yashil qo'shimchalar mavjud.
Forma dizayni "Bavariya" muxlislari g'alabalarni nishonlash uchun to'planadigan Myunxendagi mashhur Marienplac maydoniga bag'ishlangan.
Chempionlar Ligasi formasida "Bavariya"ning 1920 yillardagi retro logotipi qo'llanilgan. Myunxenliklarning texnik homiysi Adidas kompaniyasi hisoblanadi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar