CSKAning yangi bosh murabbiyi mamlakatida qamalishi mumkin
23 iyu 2025 09:11
Yangiliklar
CSKAning yangi bosh murabbiyi mamlakatida qamalishi mumkin
CSKAning yangi bosh murabbiyi Fabio Chelestini Shveycariyada qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin, deb xabar bermoqda Blick.
Gap shundaki, CSKAning titul homiysi “VEB Bank“i Evropa Ittifoqi tomonidan sankciyalar ostida qolgan. Shveycariya qonunchiligida sankciyalar ostidagi xo'jalik yurituvchi subektdan haq olish taqiqlaydi. Shu tariqa, Shveycariya terma jamoasining sobiq futbolchisi qonuniy ravishda maoshini Shveycariyadagi hisob raqamiga o'tkaza olmaydi va bu pulni o'z vatanida ishlata olmaydi.
Qayd etilishicha, agar Fabio Chelestini CSKAdan maosh olib Shveycariyaga qaytsa, 5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Agar u moskvaliklar jamoasi tomonidan to'langan maoshni ushbu mamlakatda sarflamasa, u jinoiy javobgarlikdan qutilib qoladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar