"Manchester Yunayted" liboslarining orqa tomoniga uch nafar afsonaning ismini yozdirish taqiqlandi
02 avg 2025 16:03
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" liboslarining orqa tomoniga uch nafar afsonaning ismini yozdirish taqiqlandi
Klub muxlislari formalarning orqasiga klubning uchta afsonasi nomini yozdira olmasligi tasdiqlandi.
Do'kondagi elonda "licenziya cheklovlari" sababli mashhur 7-raqamli Erik Kantona, Devid Bekxem yoki Krishtianu Ronalduning ismlarini chop etish imkonsizligi ko'rsatilgan.

Klub vakili klubning sobiq futbolchilar savdo belgilariga egalik qilmasligi va shu bois ularning ismlarini chop etish huquqi yoki ruxsati yo'qligini tasdiqladi.
Manba bu vaziyat yangi emasligini va bir necha yillardan beri davom etib kelayotganini aytdi.
Shuningdek, "Real Madrid"da ham xuddi shunday holat kuzatilishi, yani "Bernabeu"da ham mashhur bo'lgan Krishtianu Ronalduning ismini chop etishga ruxsat berilmasligi takidlandi.
Ko'plab muxlislar bu qoidadan hayratlanganliklarini bildirdilar.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar