

Do'kondagi e'londa "licenziya cheklovlari" sababli mashhur 7-raqamli Erik Kantona, Devid Bekxem yoki Krishtianu Ronalduning ismlarini chop etish imkonsizligi ko'rsatilgan.

Klub vakili klubning sobiq futbolchilar savdo belgilariga egalik qilmasligi va shu bois ularning ismlarini chop etish huquqi yoki ruxsati yo'qligini tasdiqladi.
Manba bu vaziyat yangi emasligini va bir necha yillardan beri davom etib kelayotganini aytdi.
Shuningdek, "Real Madrid"da ham xuddi shunday holat kuzatilishi, yani "Bernabeu"da ham mashhur bo'lgan Krishtianu Ronalduning ismini chop etishga ruxsat berilmasligi takidlandi.
Ko'plab muxlislar bu qoidadan hayratlanganliklarini bildirdilar.



