Romano Karvaxal o'rniga "Real" ko'rib chiqayotgan uch nomzodni ma'lum qildi

2 iyun 2026, 10:25
"Real Madrid" jamoa sardori Daniel Karvaxal ketganidan so'ng, o'ng qanot himoyachisi poziciyasiga uchta nomzodni ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda X ijtimoiy tarmog'ida jurnalist va insayder xabar berdi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Inter"dan niderlandiyalik Denzel Dyumfris va "Tottenxem"ning ispaniyalik himoyachisi Pedro Porro "Real" uchun asosiy nomzodlar sifatida ko'rilmoqda. Zaxira varianti sifatida esa Lissabonning "Sporting" klubi laterali, yana bir ispaniyalik Ivan Fresneda qayd etilgan bo'lib, uning o'yinini kuzatish uchun skautlar yuborilgan.

Karvaxal Madridning "Real" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Qirollik klubi"ning amaldagi sardori 2013 yilning yozidan buyon uzluksiz ravishda asosiy jamoada to'p surib kelayotgan edi. May oyida futbolchi jamoadan ketishini e'lon qildi. Yakunlangan mavsumda u barcha turnirlarda 22 ta o'yinda maydonga tushdi. Umumiy hisobda u "Real" libosida 451 ta uchrashuv o'tkazib, 14 ta gol va 66 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano