Gordon transferidan so'ng Reshford MYUga qaytadimi?

Aslanov Jasurbek
30 may 2026, 15:26
Yakunlangan mavsumni ijara asosida "Barselona"da o'tkazgan "Manchester Yunayted" vingeri Markus Reshford kataloniyaliklar klubida qolish uchun "barcha imkoniyatlarni ishga solish" niyatida.

Hujumchi Angliya klubiga qaytishni xohlamayapti. Reshford "ko'k-anorranglilar" kiyinish xonasida va Xans-Diter Flik qo'l ostida o'zini juda qulay his qilgan. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, 28 yoshli futbolchi "Barselona"ning "Nyukasl"dan boshqa bir qanot hujumchisi Entoni Gordonni transfer qilganidan xavotirda emas. Reshford klub ushbu forvardni sotib olmoqchi ekanligini oldindan bilgan.
"Barselona" Reshfordga uni sotib olmasligi haqida ma'lum qilmagan, shu sababli futbolchi "umidini uzmayapti", shuningdek, boshqa klublardan bo'layotgan takliflarni ko'rib chiqmayapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo