

Eslatib o'tamiz, forvard o'tgan mavsumni ijara asosida "Barselona"da o'tkazgandi. La Liganing o'tgan mavsumida u o'z hisobiga 8 ta gol va 7 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.
"Markus [Reshford] - bizning futbolchimiz va u xuddi boshqalar singari jamoaning bir qismi. U keldi va ajoyib tarzda mashg'ulot o'tkazdi.
Men uni anchadan beri bilaman, shuning uchun unga qandaydir boshqacha munosabatda emasman, biroq uni shu hafta yana jamoada ko'rish juda yoqimli bo'ldi. Bundan juda xursandman.
Markus - juda yaxshi o'yinchi. Agar faoliyating 10 yoki 15 yil davom etsa, bari sen xohlagandek bo'lmaydigan paytlar muqarrar ravishda yuz beradi. Bu - normal holat. Parvozlar va pasayishlar bo'lib turadi va buni alohida bir holat sifatida qabul qilmaslik kerak. Bu vaqt o'tishi bilan sodir bo'ladigan jarayon, hozir esa biz jamoa sifatida ijobiy holatdamiz va Markus bizga juda ko'p narsa bera oladi. U buni allaqachon isbotlab ulgurgan va yana takrorlay oladi. U jamoaga o'ziga xos yangilik olib kirmoqda", – dedi Kerrik.



