

Insayder Grem Beylining so'zlariga ko'ra, “ko'k-anorranglilar” hamon Markusga qiziqish bildirmoqda va yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar “Manchester Yunayted” hujumchisini safiga qo'shib olishga yana bir bor urinib ko'rishi mumkin. Kataloniya grandi ingliz futbolchisining vakillari bilan muntazam aloqada bo'lib turibdi va transfer ehtimolini jiddiy ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Reshford 2025/26 yilgi mavsumni ijara asosida “Barselona”da o'tkazgandi. Kataloniya klubi ixtiyorida futbolchini 26 million funt evaziga to'liq sotib olish bandi mavjud edi, biroq iyun oyida ushbu imkoniyat muddati tugab, hujumchi “Old Trafford”ga qaytdi.
Biroq endi vaziyat o'zgardi: Robert Levandovski ketganidan so'ng, “Barselona” sof markaziy hujumchisiz qoldi va hujum chizig'ini kuchaytirishi mumkin bo'lgan nomzodlar ro'yxatini tuzib chiqdi. Klub falsafasi bilan allaqachon tanish bo'lgan Reshfordning qaytishi mantiqiy qadam bo'lib ko'rinmoqda.
Qayd etish joizki, angliyalik hujumchi o'z faoliyati davomida MYU safida barcha musobaqalarda jami 426 ta uchrashuvda maydonga tushib, 138 ta gol urgan. 28 yoshli futbolchi, shuningdek, Angliya milliy terma jamoasi libosida 62 ta bahsda qatnashib, 17 ta golga mualliflik qilgan.



