

Italyan klubi keyingi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritganidan so'ng, 23 yoshli futbolchini sotib olish bandi faollashtirildi.
Insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, transfer summasi 44 million evroni tashkil etadi, shuningdek, avgust oyida ijara uchun 6 million evro to'langan.
Xeylund "Napoli" safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Joriy mavsum Seriya A doirasida 33 ta o'yinda maydonga tushgan hujumchi 17 ta (12+5) ochko to'pladi.
Futbolchi Italiya Superkubogi yarim finalida "Milan" darvozasiga gol urib, jamoasining ushbu sovrinni qo'lga kiritishiga o'z hissasini qo'shdi.



