Florentino Peres jamoaning yakunlangan mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklari sababini aytdi

4 iyun 2026, 07:28
Madridning "Real" klubi rahbari Florentino Peres jamoaning 2025/2026-yillar mavsumidagi muvaffaqiyatsiz natijalari sabablari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Mavsumdagi xatolarmi? Men har doim futbolda ham, umuman sportda ham har doim ham g'alaba qozonishning ilojisi yo'q, deb aytaman. Biz kutilgan natijalarga erisha olmadik, biroq muammolarni aniqlab oldik. Jamoa klublar o'rtasidagi jahon chempionati sababli mavsumoldi tayyorgarlikni o'tkaza olmadi va bu bizga butun yil davomida halal berdi. Mavsumning birinchi yarmida bizda 30 ga yaqin jarohatlar bo'ldi, ulardan bazilari uzoq muddatli edi va bu hal qiluvchi omilga aylandi. Bu futbolchilar yoki murabbiylarning aybi emas. Mana shu barcha holatlar tufayli maqsadlarimizga erisha olmadik va biz yangi mavsum muammolarini bartaraf etish ustida allaqachon ishlamoqdamiz", - deya Peresning so'zlarini keltirmoqda AS nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS