Eron terma jamoasi asosiy darvozaboni 4 oyga diskvalifikaciya qilindi
02 avg 16:26
Yangiliklar


Eron terma jamoasi asosiy darvozaboni 4 oyga diskvalifikaciya qilindi
Shuningdek, "Traktor" darvozaboni moliyaviy jarimaga tortilgan.
"Persepolis" klubining shikoyati bo'yicha Alirizo Beyranvand ishi yuzasidan qaror chiqarildi: apellyaciya qo'mitasi darvozabonni diskvalifikaciya qilishga hukm qildi.
"Persepolis" klubi shartnomani bir tomonlama bekor qilgani uchun Beyranvandga qarshi sudga murojaat qilgan edi. Apellyaciya qo'mitasining qarori Futbol federaciyasi rasmiy veb-saytida elon qilindi. Unga ko'ra, "Traktor" darvozaboni 4 oyga ichki musobaqalarda ishtirok etishdan chetlatildi. Shuningdek, "Traktor" va Beyranvand "Persepolis" klubiga tovon sifatida 27 milliard 400 million tuman (taxminan 277 ming AQSH dollari) to'lab berishi kerak.
Qoidalarga binoan, diskvalifikaciya faqat mavsum boshidan kuchga kiradi va mavsumlar oralig'iga taalluqli emas.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar