Xitoy klubi raqiblarini lanatlagani uchun jarimaga tortildi
04 iyu 18:58
Yangiliklar


Xitoy klubi raqiblarini lanatlagani uchun jarimaga tortildi
Xitoy professional futbol ligasi "Chanchun Sidu" klubini raqiblarning kiyinish xonasiga lanatlar yozilgan yozuvlar uchun 30 000 yuan (4 100 dollar) miqdorida jarimaga tortdi.
Qoidabuzarlik uchun qattiq ogohlantirish ham berildi. Bu haqda OAV tashkilot matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
"O'yindan oldin "Chanchun Sidu" futbol klubi xodimlari mehmon jamoaning kiyinish xonasiga feodal davrga oid bir qancha xurofotli buyumlarni joylashtirgan va bu salbiy oqibatlarga olib kelgan", – deyiladi xabarda.
28 iyun kuni "Chanchun Sidu" klubi o'z maydonida "Shansi Chunde Junxay"ni qabul qildi. Mehmonlar kiyinish xonasidan "Shansi Chunde Junxay" jamoasiga mag'lubiyat bitilgan" degan yozuvli sariq qog'oz parchalarini topishdi. Ikkinchi liga jamoasi "Chanchun" o'sha bahsda mehmonlarni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar