"Roma" yangi himoyachini o'z safiga qo'shib oldi
02 avg 17:34
Yangiliklar


"Roma" yangi himoyachini o'z safiga qo'shib oldi
"Roma" matbuot xizmati yangi futbolchi bilan shartnoma imzolanganini rasman elon qildi.
U "Verona"dan o'tgan markaziy himoyachi Daniele Gilardi bo'ldi. Italiya yoshlar terma jamoasi azosi besh yillik mehnat shartnomasini imzoladi.
Italiya ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, himoyachining transferi rimliklarga bonuslarni hisobga olmaganda 10,5 million evroga tushgan. Yangi jamoasida Gilardi o'ziga 87-raqamni tanladi.
Bu yil 22 yoshga to'lgan futbolchi A Seriyaning o'tgan mavsum o'yinlarida "Verona"ning asosiy markaziy himoyachisiga aylandi. U 24 ta o'yinda ishtirok etdi, ammo hujumkor harakatlari bilan esda qolmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar