Ueyn Runi Jud Bellingem haqida fikr bildirdi
20 dek 2025 10:44
Yangiliklar
Ueyn Runi Jud Bellingem haqida fikr bildirdi
"Manchester Yunayted" afsonasi Ueyn Runi "Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingem haqida fikr bildirdi.
"Men 16 yoshida Judga qarshi o'ynaganman. Men "Derbi"da, u "Birmingem"da to'p tepgan va u menga qarshi personal o'ynagan.
Men yarim himoyada pastroqqa tushib o'ynardim va o'yinni nazorat qilardim. U esa menga qarshi personal o'ynashga intilgan. Shu sabab men uni ko'proq qanotga olib ketardim va bu narsa unga yoqmagan.
Undagi menga yoqadigan jihat shu bo'lgan-ki, men unga podkat tashlasam, u ham menga xuddi menikidek podkat tashlardi.
Yodimda, o'yindan keyin "U uzoqqa boradi" degan edim. Lekin, men undan hozirgi darajasigacha etib kelishini kutmaganman. Judda nimanidir xohlaydigan va o'zgacha mentalitetga ega futbolchi namoyon bo'ladi. U har bir o'yinning har bir daqiqasida o'ynashni xohlaydi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar