"Real Madrid" Bellingemga "Chelsi"dan o'rinbosar topdi
03 fev 21:54
Yangiliklar
"Real Madrid" Bellingemga "Chelsi"dan o'rinbosar topdi
"Real Madrid" klubi agar joriy mavsum yakunida Jud Bellingem jamoani tark etadigan bo'lsa, uning o'rniga "Chelsi" yarim himoyachisi Enco Fernandesni olib kelish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Bu haqda "Caught Offside" nashri xabar bermoqda.
Manbaning takidlashicha, hozirda "qaymoqranglilar" angliyalik futbolchining ketishini rejalashtirishmayapti, biroq voqealar rivoji bunday tus olishi mumkinligini ham istisno qilishmayapti. "Qirollik klubi" mutasaddilari Fernandesni jamoada etakchilik rolini o'z zimmasiga olishga qodir futbolchi deb hisoblashmoqda.
Malumot uchun:
- Bellingem 2023 yildan buyon "Real Madrid" sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
- Angliyalik futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.
- "Transfermarkt" portali Bellingemning bozor qiymatini 160 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" 90+10 дақиқада гол уриб, ўн киши бўлиб қолган "Райо Вальекано"ни мағлубиятга учратди
"Ла Масия" ҳукмрон: "Барселона"нинг бир нафар тарбияланувчиси "Реал" академиясидан қимматроқ
АПЛ. "Манчестер Сити" "Тоттенхэм" билан ўйинда 2:0 ҳисобида ғалаба қозона туриб, якунда очко йўқотди
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
Fikrlar