"Barselona" Reshfordni ro'yxatdan o'tkazish uchun kimni sotishi mumkinligi malum bo'ldi
02 avg 20:20
Yangiliklar


"Barselona" Reshfordni ro'yxatdan o'tkazish uchun kimni sotishi mumkinligi malum bo'ldi
"Barselona" "ko'k-anorranglilar"ning yangi hujumchisi Markus Reshfordni ro'yxatdan o'tkazish maqsadida yarim himoyachi Mark Kasadoni sotib yuborish yoki ijaraga berish variantini ko'rib chiqmoqda.
Kataloniyaliklar 21 yoshli futbolchini 30 mln evroga baholamoqda. Biroq, "blaugrana" transfer jarayonini tezlashtirish uchun Kasadoning narxini sezilarli darajada pasaytirishga tayyor. "Barselona" tarbiyalanuvchini sotib yuborgan taqdirda, Reshford va yana bir futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin bo'ladi.
Avvalroq OAVda Kasadoga "Chelsi" va Madridning "Atletiko" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, Reshford "Manchester Yunayted"dan ijara asosida "Barselona"ga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar