So’nggi yangiliklar

21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  1 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 21:15Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  21 21:05Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 1:2 (матнли трансляция)  22 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  69 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  5 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0

Ularga ham amaliyot kerak yoxud U-23 terma jamoasini nimalar kutmoqda? Yangiliklar

Ularga ham amaliyot kerak yoxud U-23 terma jamoasini nimalar kutmoqda?

Teglar :  O'zbekiston U-23
O'zbekiston U-23 terma jamoasi Mirabror Usmonov xotira turnirida ishtirok etib o'zidan ikki xil taassurot qoldirdi.

Bu musobaqa uchta terma jamoa ishtirokida o'tkazildi: O'zbekiston, Yaponiya va Saudiya Arabistoni. Xoira turniri avvalambor Mirabror Usmonov xotirasini yod etish hamda U-23 futbolchilariga o'yin amaliyoti berish maqsadida tashkil qilindi.

Ushbu yoshdagi terma jamoaga Ravshan Haydarov bosh murabbiylik qilayotganini bilasiz. Haydarov shogirdlari avvaliga Saudiya ustidan 3:1 hisobida zafar quchib hammani xursand etishdi. So'ngra Yaponiya ham Saudiyani mag'lub etdi - 5:1. Natijada 28 iyul kuni O'zbekiston va Yaponiya o'rtasida final o'yini bo'lib o'tdi va bunda vakillarimiz 0:2 hisobida yutqazib qo'yishdi. Shunday qilib Yaponiya Mirabror Usmonov xotira turniri g'olibiga aylandi.

Musobaqada O'zbekiston U-23 futbolchilarini Yaponiyaning U-21 terma jamoasi yutib ketgani ko'p gapirildi. Futbolchilarimizning ikki yosh kichik futbolchilarga yutqazib qo'ygani tanqidlar yog'ilishiga sabab bo'ldi. Buni ham to'g'ri tushunamiz. Lekin unutmaylikki, bu shunchaki xotira turniri va hech qanday rasmiy ahamiyat kasb etmaydi.

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa oldiga U-23 Osiyo chempionatiga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgan. Buning uchun asosiy kurash sentyabrda boshlanadi. 3-9 sentyabr oralig'ida futbolchilarimiz U-23 Osiyo chempionati saralash bahslarida ishtirok etishadi va mana shu o'yinlarda guruhda birinchi o'rinni olishimiz shart bo'ladi.

U-23 Osiyo chempionatiga saralash o'yinlarida jami 44ta jamoa ishtirok etadi. Ishtirokchilar orasida musobaqa mezboni Saudiya Arabistoni ham bor va ular o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida konkursdan tashqari qatnashadi. 44ta jamoa to'rttadan 11 guruhga bo'lingan. Musobaqa formatiga ko'ra, har bir guruh g'olibi (11ta jamoa) va eng yaxshi 4ta ikkinchi o'rin egalari U-23 Osiyo chempionatiga yo'l oladi. Shunda mezbon Saudiya bilan 16ta jamoa Osiyo Kubogida o'ynaydi.

Saralashda ishtirok etadigan jamoalar:

"A" guruhi: Iordaniya, Butan, Xitoy Taypeyi, Turkmaniston.

"B" guruhi: Myanma, Afg'oniston, Kuvayt, Yaponiya.

"S" guruhi: Vetnam, Bangladesh, Singapur, Yaman.

"D" guruhi: Xitoy, Shimoliy Mariana orollari, Timor Leste, Avstraliya.

"E" guruhi: Qirg'iziston, Shri Lanka, Falastin, O'zbekiston.

"F" guruhi: Tailand, Mo'g'uliston, Livan, Malayziya.

"G" guruhi: Kambodja, Pokiston, O'mon, Iroq.

"H" guruhi: Qatar, Bruney, Hindiston, Bahrayn.

"I" guruhi: BAA, Guam, Gonkong, Eron.

"J" guruhi: Indoneziya, Makao, Laos, Koreya Respublikasi.

"K" guruhi: Tojikiston, Nepal, Filippin, Suriya.

"E" guruhida joy olgan O'zbekiston U-23 terma jamoasi o'z o'yinlarini Qirg'izistonda o'tkazadi. Barcha o'yinlar Bishkekdagi Dolen Omurzakov nomli stadionda bo'lib o'tadi. Taqvim quyidagicha ko'rinish olgan:

3 sentyabr. O'zbekiston - Shri Lanka

3 sentyabr. Falastin - Qirg'iziston

6 sentyabr. Shri Lanka - Falastin

6 sentyabr. Qirg'iziston - O'zbekiston

9 sentyabr. O'zbekiston - Falastin

9 sentyabr. Qirg'iziston - Shri Lanka

Mana shu o'yinlar biz uchun U-23 Osiyo chempionatiga saralash vazifasini o'tadi beradi. Bevosita musobaqaning o'zi 2026 yilning 7-25 yanvar kunlari Saudiya Arabistoni mezbonligida kechadi. Bu musobaqa Olimpiya o'yinlari uchun yo'llanma bermaydi, shunga qaramay har bir jamoa uchun muhim sanaladi.

OFK U-23 yoshdagi futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatini yo'lga qo'yganiga hali ko'p bo'lmadi. Bu musobaqa ilk bor 2013 yil o'tkazilgan bo'lib, shu paytgacha 6ta turnir bo'lib o'tgan. 2018 yil Xitoyda o'tgan Osiyo chempionatida O'zbekiston Vetnamni engib musobaqa g'olibiga aylangandi. O'sha qorli final hamda Sidorovning g'alaba goli ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak.

Keyinchalik O'zbekiston ikki bor finalda o'ynab har ikkisida mag'lub bo'ldi. 2022 yil Toshkent mezbonlik qilgan musobaqada Saudiyaga 0:2 hisobida yutqazib, o'tgan yil Qatardagi turnirda Yaponiyaga 0:1 hisobida engilib ikkinchi o'rin bilan kifoyalangandik.

U-23 Osiyo chempionati har ikki yilda bir marta o'tkaziladi va 2028 yilgisi Olimpiada yo'llanmasi uchun o'ynaladi. Lekin bundan buyon Olimpiya o'yinlarida erkaklar futboli nufuzi ancha tushishi kutilmoqda. Chunki shu paytgacha 16ta erkaklar jamoasi Olimpiadada qatnashib kelgan bo'lsa, 2028 yildan boshlab 12taga tushiriladi.

Ayollar terma jamoalari esa aksincha ko'payib 16 taga etkaziladi. 

Bu degani U-23 turniridan Xalqaro Olimpiya qo'mitasi ham, FIFA ham manfaatdor emas. O'zi shundoq ham klublar o'rtasidagi Jahon chempionati katta boshog'riq bilan o'tkazildi. Klublarni faqat mo'may pullar tinchlantirgan bo'lishi mumkin, ammo musobaqaning ayni yoz chillasida tashkil etilishi aksar yulduzlarga yoqmadi.

Bu ketishda sekin-asta futbol ham Olmpiya o'yinlaridan chiqib ketadi. Ammo ayollar futboli qoladi, chunki hozir butun dunyoda ayollar futbolini ko'tarish siyosati ketmoqda.

OFK esa U-23 Osiyo chempionati ushlab qolishga harakat qiladi. Chunki U-23 futbolchilarning hammasi ham o'z terma jamoasida o'ynayotgani yo'q. Balki shu musobaqa sabab ko'pchilik futbolchilarga tramplin bo'lar. Masalan, U-17 va U-20 Osiyo chempionatlari ham bor. Undan keyin kattalar o'rtasidagi Osiyo Kubogi bo'lardi. Ammo bilamizki, 20 yoshli o'yinchi ham birdaniga terma jamoaga tusha olmaydi. Bu o'rinda OFK U-23 Osiyo chempionatini tashkil qilib to'g'ri qilgan.

Asosiy masala shundaki, har bir Osiyo chempionatida o'zining yoshidagilar o'ynashi kerak degan fikrdaman. Yani, U-23 Osiyo chempionatiga aytaylik, U-20 terma jamoasini yuborsak bo'ladi, ular uchun hozirgisi amaliyot, keyingi musobaqa Olimpiadaga chiqish vazifasini o'taydi deyishimiz mumkin, lekin unda U-23 futbolchilari amaliyotsiz qolib ketadi.

Qolaversa, biz bu yo'lni qilib ko'rdik va samara berib, Parij Olimpiadasiga ham borib keldik. Ammo baribir futbolda sog'lom raqobat bo'lgani yaxshi. Keyingi Olimpiya o'yinlariga o'zining yoshidagilar kuchli bo'lsa boradi, bo'lmasa yo'q. Lekin Olimpiada uchun boshqa yoshdagi futbolchilarni "qurbon" qilish to'g'ri bo'lmaydi. Hamma o'z yoshida zo'r bo'lsin va o'z davri kelishini kutsin. Futbolning qoidasi shu.

Yaponiya terma jamoasi xotira turniriga bizdan ikki yosh kichik futbolchilar bilan kelib, bizni yutib ketgani hamda ularning shu yoshdagi futbolchilari Osiyo chempionati saralash o'yinlarida qatnashishi - bu ularning masalasi. Biz esa o'z yo'limizni belgilab olishimiz zarur. Biz Yaponiya futbolini to'liq ichkaridan bilmaymiz, balki ularning U-23 futbolchilari allaqachon milliy terma jamoadan o'rin olgandir.

Bizda esa bu borada muammolar bor va buni o'zimiz yaxshi bilamiz. Shuning uchun qishda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatidan keyin 5-6 futbolchi milliy jamoaga qo'shilsa bundan faqat o'zimiz yutamiz. Shu orqali asosiy terma jamoaga ham raqobat kirib keladi, ham murabbiy oldida turli variantlar paydo bo'ladi. 


X.Xoliqov

Reyting: -1   

Fikrlar

   
02 avg 18:40:28
Бахтиёр Ашуров
TEMUR foydalanuvchining fikriga javob berish
toʻgʻri u-23 oʻynasin u-21ga amalyot kerakmas kuchli boʻlsa chiqadi Olimpiadaga
Кейинги мураббийларгаям Темурга яратилган имкониятларни. Қилиб беришса яхши бўларди!
   
02 avg 18:32:40
TEMUR
toʻgʻri u-23 oʻynasin u-21ga amalyot kerakmas kuchli boʻlsa chiqadi Olimpiadaga
   
02 avg 17:26:19
Mirjalolboy
Хайрулла ака ўринли фикрлар кўтарилган. Лекин имловий хато жуда ҳам кўп. Муҳаррир ишламаяпти. Илтимос ҳеч бўлмаса нашрлар бунга амал қилишсин. Муомала тилида ўлган савод. Болаликни ҳамма ёшлик деб ишлатади. Шунга ўхшаш масалаларни жойига қўяйлик.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика