Nunes endilikda "Milan"ning hujumchi poziciyasi uchun asosiy nomzodidir Yangiliklar

Nunes endilikda "Milan"ning hujumchi poziciyasi uchun asosiy nomzodidir

"Milan" Darvin Nunesni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Janluka Di Marcioning malum qilishicha, "Liverpul" hujumchisi "rossonerilar"ning hujum chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodi bo'lib turibdi. Transfer bo'yicha muzokaralar murakkab, ammo italiyaliklar futbolchi bilan aloqaga chiqib ulgurgan.

Urugvaylik futbolchiga "Al Hilol" ham qiziqish bildirmoqda. Saudiyaliklar hali rasmiy taklif bilan chiqishmagan.

Sasha Tavolerining yozishicha, "Milan" PSJ futbolchisi Gonsalo Ramush bo'yicha ham kelishuvga erishmoqchi bo'lgan, ammo parijliklar so'ragan summa juda yuqori bo'lib chiqqan.

Nunes o'tgan mavsum APLda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
02 avg 20:39:25
Kokito Kakalu
Дарвин агар яратилган имкониятларидан ярмини голга айлантирганида хозир олтин бутсани кучоклаб ётган буларди
   
05 avg 12:53:27
Muxriddin Aliev
Darvin enkup imkoniyatni yuqqa chiqargan n1 bulib turibdi kuchlimi 5 chempionatda
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика