So’nggi yangiliklar

17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  0 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  9 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  10 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  4 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  2 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  4 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  6 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  2 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2

Tahlil. Bugun Farg'onada "Neftchi" emas Levchenko yutqazdi, Zeytullaevga 5 baho Yangiliklar

Tahlil. Bugun Farg'onada "Neftchi" emas Levchenko yutqazdi, Zeytullaevga 5 baho

Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Bunyodkor" uchrashuvi o'ziga hos olovli hissiyotlarni taqdim qildi.

Stadionga borganlar ikki hissa zavqlangani aniq. Ayniqsa neytral muxlislar uchun ko'rishli to'qnashuv guvohiga aylandik.

 

O'yindan oldingi o'ylar 

"Neftchi"ning yozda tarkibini kuchaytirgani-yu, "Bunyodkor" yarim himoyasining Hamrobekov hisobiga kuchsizlangani kabi o'ylar mezbonlarning ustunligiga shama qilayotgandek edi. To'g'ri-da, qo'l ostingizda Nimeli, Kojo, Marushich, Odilov kabi ijrochilar bo'ladi-yu, siz nimani o'ylaysiz? "Bunyodkor"da barchasi joyida ekanligi, o'yini bir maromida, shakllanganligi sir emasdi. Hamma gap ikki murabbiyning qo'l ostidagi shogirdlaridan qay tariqa foydalana olishida edi. 

Birinchi bo'lim taassurotlari

Vitaliy Levchenkodan bugun o'ziga hos bo'lmagan taktik yurish ko'rdik. "Neftchi" ustozi bir yo'la 3 ta hujumchini asosiy tarkibda maydonga tashladi. Odatda Levchenko 5-3-2 yoki 5-2-2-1 taktik sxemasidan foydalanadi.  Bugun esa hujumkorlikka urg'u qaratildi, 4-3-3. Odilov va Kojo qanotlardan o'rin oldi, Nimeli sof hujumchi vazifasini bajardi. Lekin bu faqat birinchi bo'lim uchun tanlangan reja edi. Ikkinchi bo'limda ham shu temp va taktik yurishni davom ettirish talab etilardi. "Neftchi"da esa aksi kuzatildi, 60-70 daqiqalardan so'ng navbatdagi rejaga o'tish o'xshagani yo'q. 

1. Botirali Ergashev, 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 23. Yovan Jokich, 4. Boyan Ciger, 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7. Abror Ismoilov, 5. Ikrom Aliboev, 10. Jamshid Iskanderov, 22. Alisher Odilov, 70. Silvanus Nimeli, 9. Joel Kojo

Ilyos Zeytullaev Hamrobekovning o'rnini Asad Rahimjonov bilan to'ldirdi. Zaxiradan Rahimjonov o'rniga To'lqinbekov tushdi va burilish yasadi. Tarkib raqib va mehmondan kelib chiqib biroz himoyaga moslashdi. Nosir Abdusalomov yozgi yig'inni klub bilan emas terma jamoa bilan o'tkazdi. U keyingi o'yinlarda o'z joyiga qaytadi. Bugun zaxiradan o'yinni kuchaytirishga erishdi. 

Temur To'xtasinov haq edimi?

Ustunlik to'liq "Neftchi" tomonida. Farg'onaliklar "Bunyodkor" darvozasiga 18 ta zarba yo'llashdi, shundan 6 tasi aniq bordi. To'p nazoratida 67 foiz egalik. Burchak zarbalari 7 tani tashkil qildi. Uzatmalar maydon egalarida 189 (156 aniq), mehmonlarda 160 (133 aniq) lekin aniqlik foizi jihatdan ikki jamoa ham teng harakat qildi, 83 foiz. "Qaldirg'ochlar" 12 marotaba raqibidan to'pni olib qo'yishga erishdi. Birinchi bo'lim qahramoni "Bunyodkor" posboni Abdumavlon Abdujalilov bo'ldi. Qolaversa, himoyachilar ham haqiqiy qalqon vazifasini bajardi. Hujumlarga turib bera olishdi. Faqat bu yana qancha vaqt davom etishi qiziq edi. Jismoniy tomondan muammo yo'q. Bu yil "Bunyodkor" birgina "Qo'qon-1912"dan tashqari boshqa o'yinlarda jismoniy tomonlama yutqazmadi. 

Ibrohimhalil Yo'ldoshevning tezkorligi va texnikasi hisobiga hujumlar uning qanotidan bo'ldi. Buning fonida Kojo poziciyasida yolg'izlanib qoldi, agarda narigi qanotda ham Ibrohimhalilga o'xshagan futbolchi bo'lganida rang-baranglik ortardi. 

Temur To'xtasinov birinchi davraning eng yaxshi hakami deb topilgandi. Ubaydullaev bu erda "Bunyodkor" futbolchisiga qarshi yaqqol qo'pollik bilan to'xtatib qolmoqchi bo'ldi. Butsaning tishi bilan oyoqning tayanch nuqtasiga zarba berildi. Bunda futbolchi tabiiyki muvozanatni yo'qotdi. "Bunyodkor" qarshi hujumda yaxshi vaziyatga chiqib borayotgandi. Hakam VAR monitorida ham vaziyatni takror ko'rgach qarorini o'zgartirmadi. Ekspertlar nima deydi ko'ramiz. 

VIDEO

Ikkinchi bo'limda nimalar bo'ldi?

"Bunyodkor" qarshi hujumga o'tib ketayotgan "Neftchi"ni markazda to'xtata oldi. Bu vaziyatda 20 yoshli Narimonjon Ahmadjonov faollik bilan Shrolerga to'pni etkazib berdi. Uning zarbasi qiyshiq yo'nalish hosil qilib Botirali Ergashev darvozasidan joy oldi. Shrolerda oldin ham shunday nostandart qarorlar ko'rganman. Harakatlari o'tgan yilgi Filipovichni eslatib yuboryapti. Oradan ko'p o'tmay "Neftchi" himoyachisi Ciger Kojoning yuqoridan uzatmasini boshi bilan golga aylantirdi. "Neftchi"ning harakatlari samara keltirmayotgan, Levchenko vaziyatdan qanday chiqib ketishi qiziq edi. Farg'onaliklar ustozi Nimelini olgach "Bunyodkor" jarima maydonchasi ichidagi shovqin kamaydi, Kojoning olinishi esa "Bunyodkor" futbolchilariga engil nafas olish imkonini berdi, chunki orqada xavf ancha kamaygandi. Zoran Marushichda deyarli vaziyat bo'lmadi. Toshmirzaevga esa imkoniyat qoldirilmadi. Ibrohimhalil oxirida charchab qoldi. Ilyos Zeytullaev oxirgi daqiqalarda Temurxo'ja Abduxoliqovni ham almashtirib tashladi. Aftidan "Bunyodkor" durangni o'ylayotgandek taassurot qoldirgandi. Lekin zaxiradan tushganlar burilish yasay oldi. To'lqinbekov, Abdusalomov, Abdunabiev yakun 2:1 "qaldirg'ochlar" g'alabasi.

Bugun taktik kurashda, o'yinni o'qiy olishda Zeytullaev Levchenkoni mag'lub etdi. Bu Zeytullaevning g'alabasi, bu Levchenkoning mag'lubiyati. Ha, aynan bugun "Neftchi" ustozi yutqazdi. 

Faktlar 

"Neftchi" bu yil hisobidan ikkinchi mag'lubiyatini yana Farg'onada qabul qilib oldi. Ikkisida ham Toshkent jamoalari "Paxtakor" va "Bunyodkor" "Istiqlol" stadiondan 3 ochko bilan qaytishni uddasidan chiqdi. 

"Bunyodkor" joriy mavsumda mehmonda mag'lubiyatga uchrayotgani yo'q.  Ilyos Zeytullaev shogirdlari mehmon maqomida o'tkazgan 8 ta uchrashuvda 5 g'alaba, 3 durang qayd etgan.

Farg'onaliklar ikkita davrada ham "Bunyodkor"ni enga olmadi. Mavsumning dastlabki qismida Toshkentda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzoch chekkan bo'lsa, bugun "qaldirg'ochlar" navbatdagi 3 ochkoni o'ziniki qildi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика