Futsal Awards-2025 marosimi o'tkaziladi
23 dek 2025 20:42
Yangiliklar
Futsal Awards-2025 marosimi o'tkaziladi
Sana: 26 dekabr
Vaqt: 10:30
Manzil: Toshkent shahridagi "Hilton" mehmonxonasi anjumanlar zali
"Ushbu tantanali marosimda 2025 yil davomida yurtimiz futzali rivojiga salmoqli hissa qo'shgan, fidoyilik va yuksak mahorat namoyon etgan sportchilar, murabbiylar va soha mutaxassislari taqdirlanadi", – deyiladi tashkilot xabarida.
Quyidagi nominaciyalar bo'yicha g'oliblar aniqlanadi:
— Eng yaxshi yosh futzalchi
— Eng yaxshi darvozabon
— Eng yaxshi murabbiy
— Eng yaxshi legioner
— Eng yaxshi futzalchi
— Ramziy terma jamoa
— Yil kashfiyoti
— Eng chiroyli gol
— Feyr-pley
Shuningdek, o'zbek futzali taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan fidoyi mutaxassis, OAV vakili hamda homiylar maxsus sovrinlar bilan taqdirlanishi kutilmoqda.
Futsal Awards-2025 tadbiriga 2025 yil uchun O'FF tomonidan akkreditaciyadan o'tgan barcha ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi. Ro'yxatdan o'tish marosim kuni soat 10:00 dan boshlab "Hilton" mehmonxonasi anjumanlar zaliga kiraverish foesida amalga oshiriladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Родриго тиззасидан операция қилинди
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
Fikrlar