Fransiya terma jamoasi JCH tarixida rekord o'rnatdi

1 iyul 2026, 09:00
Fransiya terma jamoasi jahon chempionatlarida ketma-ket beshta o'yinda uchta va undan ko'p gol urgan tarixdagi birinchi jamoaga aylandi.

Bu haqda "Squawka" o'zining "X" ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.

1 iyul kuni Fransiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining 1/16 final o'yinida Shvetsiya terma jamoasini 3:0 hisobida tor-mor etdi. Bundan avval francuzlar ushbu turnirda Norvegiya (4:1), Iroq (3:0) va Senegal (3:1) jamoalarini mag'lub etgan edi. 2022 yilgi jahon chempionati finalida esa Fransiya terma jamoasi Argentina milliy terma jamoasiga imkoniyatni boy bergandi (3:3, penaltilar bo'yicha 2:4).

2026 yilgi jahon chempionatining 1/8 finalida francuzlar yakshanba, 5 iyul kuni Paragvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka