Paolo Maldiniga Italiya termasida ishlash taklifini berishdi

1 iyul 2026, 10:15
Italiya futbol federatsiyasining (FIGC) yangi prezidenti Jovanni Malago italiyalik sobiq futbolchi Paolo Maldinini milliy terma jamoaning texnik direktori bo'lishga taklif qildi.

Bu haqda "Tuttomercatoweb" xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, Maldini FIGC-dagi ehtimoliy ish bo'yicha hali bir qarorga kelmagan. Bundan tashqari, Italiya futboli rahbariyati terma jamoa bosh murabbiyligiga nomzodlar qidirmoqda. Asosiy variantlar sifatida Roberto Manchini va Antonio Konte ko'rilmoqda. Manchini milliy jamoaga yiliga 2-2,5 mln evro evaziga qaytishga tayyor, biroq FIGC Konte nomzodiga ko'proq moyillik bildirmoqda. Bu vaziyatda esa gap yiliga deyarli 4 mln evro atrofidagi mablag' haqida ketmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Italiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati yo'llanmasi uchun pley-off finalida Bosniya va Gertsegovina jamoasiga imkoniyatni boy bergan edi (1:1, penaltilar bo'yicha 1:4). Terma jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo esa iste'foga chiqarildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttomercatoweb