"Bavariya" etakchisi Avstriyani zabt etdi
23 dek 2025 21:09
Yangiliklar
"Bavariya" etakchisi Avstriyani zabt etdi
Bu haqda Avstriya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.
Avstriya Bundesligasi klublari bosh murabbiylari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra, 28 yoshli yarim himoyachi 51 ochko jamg'arib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni o'tgan yilgi sovrindor — "Leypcig" futbolchisi Kristof Baumgartner (16 ochko) egalladi, uchinchi o'rin esa hozirda Belgradning "Crvena Zvezda" jamoasida to'p tepayotgan hujumchi Marko Arnautovichga nasib etdi (15 ochko).
Laymerning takidlashicha, u bu mukofotni faqat etirof emas, balki qo'shimcha rag'bat sifatida ham qabul qiladi. Yarim himoyachining so'zlariga ko'ra, bunday yutuqlar tanlangan yo'lning to'g'ri ekanini tasdiqlaydi va olg'a intilishga ilhomlantiradi.
Futbolchi Avstriya terma jamoasi safida 55 ta o'yinda qatnashgan. U 2024/25 yilgi mavsum "Bavariya" tarkibida 46 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi, shuningdek, myunxenliklar bilan Germaniya chempioniga aylandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar