Superliga. "Neftchi" - "Bunyodkor" 1:1 (matnli translyaciya)
02 avg 20:06
Yangiliklar


Superliga. "Neftchi" - "Bunyodkor" 1:1 (matnli translyaciya)
Superliga 16-tur
"Neftchi" – "Bunyodkor" 1:1 LIVE
02.08.2025. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:00
Bosh hakam: Temur To'xtasinov
Yordamchi hakamlar: Abdulhamid Abduraimov, Husan Xudoyberdiev
Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Amir Galeev
Komissar: Davron Ibrohimov
Gol: Martin Shroler (Narimonjon Ahmadjonov) 50, 0:1, Boyan Ciger (Joeel Kojo) 56, 1:1
"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 23. Yovan Jokich, 4. Boyan Ciger, 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7. Abror Ismoilov, 5. Ikrom Aliboev, 10. Jamshid Iskanderov, 22. Alisher Odilov, 70. Silvanus Nimeli (32. Zoran Marushich, 68) 9. Joel Kojo
Zaxira: 45. Akbar To'raev, 34. Farruh Sayfiev, 44. Muhammadziyo Adhamjonov, 24. G'ulom-Haydar Gulyamov, 11. Quvondiq Ro'ziev, 77. Bilolxon Toshmirzaev, 33. Shohrux Yoqubjonov, 30. Omadillo Abdumannopov,
"Bunyodkor": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 2. Nikoloz Mali, 4. Najmiddin Normurodov, 8. Martin Shroler (21. Nosirjon Abdusalomov,68), 9. Imeda Ashortia, 11. Temurxo'ja Abduxoliqov, 15. Marko Bugarin, 18. Narimonjon Ahmadjonov (25. Itsuki Urata,68), 23. Asadbek Rahimjonov, 57. Amir To'raqulov, 77. Muzaffar Olimjonov
Zaxira: 22. Valijon Rahimov, 5. Aleksandr Zevadinov, 10. Rasul Yo'ldoshev, 17. Ollobergan Karimov, 28. Matiya Krivokapich, 30. Sardor Abdunabiev, 66. Azizbek To'lqinbekov.
Ogohlantirish: Muhsin Ubaydullaev ("Neftchi") 23
74. ZARBA. Ibrohimhalil Yo'ldoshev Abdujalilov darvozasini uzoq masofadan nishonga olib ko'rdi. Noaniq.
68. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Martin Shroler o'rniga Nosir Abdusalomov, Narimonjon Ahmadjonov o'rniga Itsuki Urata tushdi.
68. O'ZGARISH. "Neftchi", Silvanus Nimeli o'rniga Zoran Marushich tushdi.
68. ZARBA. Abror Ismoilovning xavfli zarbasini noaniq chiqdi.
65. "Neftchi" raqib jarima maydonchasi ichida gol urishga harakat qildi. Odilovning juda yaqin masofadan zarbasini Abdumavlon Abdujalilov qaytardi.
60. "Bunyodkor"dan keskin hujum. Muzaffar Olimjonov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Darvozabon oldinga o'tib ketganidan foydalanib to'pni ustidan tashlab qo'ymoqchi bo'ldi. Noaniq.
56. GOL. "Neftchi" oradan ko'p o'tmay hisobni tenglashtirdi. Joel Kojoning uzatmasidan so'ng Boyan Ciger boshi bilan darvozaga to'pni yo'lladi.
55. ZARBA. Goldan so'ng "Neftchi" oldinga o'tdi va standart vaziyatga ega bo'ldi. Abdumavlon to'g'ridan to'g'ri zarbani qaytardi.
50. GOL. "Bunyodkor" "Istiqlol" stadionida hisobni ochdi. Martin Shroler kuchli va aniq zarba bilan "Neftchi" darvozasini ishg'ol qildi. To'p chimga tegib traektoriyasini o'zgartirdi. Shrolerga esa Narimonjon Ahmadjonov to'pni etkazib bergandi.
46. Jamoalar birinchi bo'lim singari faol harakat
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
43. Ibrohimhalil Yo'ldoshev qanotdan kirib zarba berishga urindi. To'p yo'liga raqib himoyachilari g'ov bo'ldi.
40. ZARBA. Odilovning zarbasini Normurodov qaytardi, qaytgan to'pni Nimeli darvozaga tepdi. "Qaldirg'ochlar" mudofaa chizig'i qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etdi.
37. ZARBA. Temurxo'ja Abduxoliqov tomonidan yo'llangan aniq zarbani mezbonlar darvozaboni Botirali Ergashev ushlab oldi.
32. Ustunlik mezbonlarda.
26. ZARBA. Ikrom Aliboevning zarbasi noaniq chiqdi.
25. O'yin davom etadi. Qaror o'zgarmadi.
24. VAR. To'xtasinov VAR monitori oldiga bordi. Ubaydullaevga qizil kartochka ko'rsatilishi mumkin.
23. OGOHLANTIRISH. Muhsin Ubaydullaev Shrolerni markazda to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.
22. "Bunyodkor"dan yaxshi o'ylangan qarshi hujum. Maydon markazida Shrolerga qarshi Ubaydullaev o'yin qoidasini buzdi, lekin To'xtasinov o'yinni davom ettirishga chorladi. Qarshi hujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
16. "Istiqlol" stadionida o'yin yuqori tempda davom etmoqda. Hozirgacha bo'lgan daqiqalarda "Bunyodkor" kiperi va himoyachilari qahramon bo'lib turibdi.
11. "Neftchi"dan navbatdagi hujum. Iskanderovning uzatmasiga Jokich zarba berdi. Noaniq.
7. ZARBA. "Neftchi" hujumchisi Silvanus Nimelining zarbasini Abdumavlon Abdujalilov qaytardi. "Bunyodkor" posboni jamoasini goldan qutqarib qoldi.
4. "Bunyodkor" ilk daqiqalardan oldinga o'tdi. "Neftchi" himoyachilari yaxshi harakat qildi.
- O'yin boshlandi.
- Jamoalar maydonga chiqib keldi.
- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay holatda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar