So’nggi yangiliklar

21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  1 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 21:15Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  20 21:05Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 1:2 (матнли трансляция)  22 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  69 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  5 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0

O'FA va PFL jim - O'zbekiston kubogi finali qaerda bo'ladi? Yangiliklar

O'FA va PFL jim - O'zbekiston kubogi finali qaerda bo'ladi?

O'zbekiston Kubogi final uchrashuvi qaerda va qaysi stadionda o'tishi haligacha malum qilinmagan.

Xabaringiz bor, joriy yil O'zbekiston kubogi finaliga o'tgan mavsumda bo'lgani kabi Olmaliqning AGMK hamda Toshkentning "Paxtakor" jamoasi chiqdi.

Final o'yini 26 oktyabr kuni o'tishi rejalashtirilgan. Ammo yil avvalidan buyon final bahsi qaysi stadionda o'tishi belgilanmagandi. Yarim final bosqichidan keyin final qaerda va qaysi stadionda o'tkazilishi malum qilinishi aytilgandi. Biroq yarim final uchrashuvlari yakunlanganiga va finalchilar nomi ham malum bo'lganiga 2 haftadan oshdi. Lekin hali ham final qaerda va qaysi stadionda o'tkazilishi haqida O'FA yoki PFL hech qanday rasmiy xabar bergani yo'q. Final o'yiniga esa 2 hafta qoldi. Lekin yilning eng muhim bellashuvi qaerda o'tkazilishi hali ham nomalumligicha qolmoqda.

Bilasiz, O'FA va PFL bayrog'i ostida o'tadigan O'zbekiston Kubogi finali aynan tashkilot tomonidan mustaqil tashkillashtiriladi. Yani, chempionat o'yinlari tashkiliy masalalari bilan mezbon jamoa shug'ullanadi. PFL esa buni nazorat qiladi xolos. O'zbekiston Kubogi finali esa aynan O'FA va PFL tashkillashtiradigan mavsumdagi yagona, lekin eng muhim bahs hisoblanadi.

"Paxtakor" va AGMK o'rtasidagi final o'yini qachon, qaerda va qaysi stadionda o'tishi borasida O'FA va PFLdan tezroq rasmiy xabar kutib qolamiz.

CHunki o'zbekistonlik futbol muxlislari ham yilda bir o'tadigan ajoyib final oqshomiga qaysi stadion mezbonlik qilishini intiqlik bilan kutishmoqda. Jamoalar ham mavsumdagi hal qiluvchi bahs qaysi stadionda o'tishi haqida aniq xabarni kutishayotgan bo'lishi tabiiy. 

Bilasiz, O'zbekiston kubogi finali ko'p yillar davomida Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida o'tkazilib kelingan. Yani, chempionat avvalidan final qaysi stadionda o'tishi belgilab qo'yilardi. Misol uchun Germaniya kubogi finali ham doim poytaxtda, yani Berlindagi "Olimpiyashtadion"da o'tkaziladi.

Biroq 2014 yildan boshlab O'zbekiston Kubogi finaliga "Paxtakor" stadioni mezbonlik qilish ananasiga barham berildi. Dastlab Olmaliqdagi stadionda o'tkazilgan final, so'ngra Jizzaxga, keyinchalik Samarqandga o'tdi. Ikki yil avval esa "Bunyodkor" stadionida o'tkazilgan final, o'tgan gal Farg'onaga berildi. Hozircha Qarshidagi ajoyib "Markaziy" stadion va Namangandagi o'yingoh O'zbekiston kubogi finaliga mezbonlik qilmagan. Finalga "Paxtakor" va AGMK chiqqanligini inobatga oladigan bo'lsak, o'yin neytral maydonda o'tadi. Ehtimoliy variantlar orasida esa Namangan va Qarshidagi "Markaziy" stadionlar finalga mezbonlik qilishga davogarlar ro'yxatida tilga olinmoqda. SHuningdek, o'yin Toshkentda o'tishi va finalga "Lokomotiv" yoki "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qilish ehtimoli ham mavjud.

Biroq yilda bir o'tadigan final o'yini muhiti haqiqiy finalga mos va xos, muhimi neytral joyda o'tishi mantiqan to'g'ri bo'lishini hisobga olsak, eng optimal variantlar ichida Namangan yoki Qarshidagi o'yingoh ajoyib final oqshomini qabul qilishi mumkin. Yana bir muhim faktor, yani mazkur stadionlarning maydon chimi sifati ham ayni paytda futbol o'ynashga hech qanday to'sqinlik qilmaydi. SHuningdek, O'zbekiston kubogi finali hali hecham Namangan yoki Qarshida o'tkazilmagani ham ushbu stadionlarning joriy finalga mezbonlik qilish ehtimolini oshirishi mumkin.

O'FA va PFL qanday qarorga kelishini esa vaqt ko'rsatadi. Vaqt esa oz qolmoqda. Ammo final manzili hamon nomalum.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston kubogi finaliga Toshkentning "Paxtakor" hamda Olmaliqning AGMK jamoalari chiqishgan. Final 26 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика