Kamoliddin Tojiev: "Tanaffusdan keyin tezda tonusga tushib olish oson emas"
01 avg 23:22
Yangiliklar
Kamoliddin Tojiev: "Tanaffusdan keyin tezda tonusga tushib olish oson emas"
- O'yin boshidan oxirigacha jamoamiz ustunligi ostida kechdi deya olaman. Vaziyatlar yaratyapmiz, lekin gol urishga kelganda kamchiliklar kuzatilyapti. Buning ustida qattiq ishlamasak bo'lmaydi. Muhimi, bitta gol urib yutib oldik va endi etiborni keyingi o'yinga qaratamiz.
- Yozgi tanaffusda jamoaga qo'shilgan futbolchilar sizni qoniqtiryaptimi?
- Bugun ko'rdingiz, himoyachimiz yaxshi o'ynadi, harakatlari chakki emas.
- "Paxtakor"dan ko'p futbolchilar terma jamoaga chaqiriladi, ular klubga qaytganida kirishib ketish qiyin bo'lmayaptimi?
- Futbolchilarimiz professional va ular bilan bunday muammo bo'ladi deb o'ylamayman. Faqat bir oylik tanaffusdan keyin birdaniga tonusga tushib olish oson bo'lmaydi. Shu bois bugun ham qiynaldik.
- Ikkinchi davradagi maqsad haqida?
- Superligani yaxshi yakunlash va chempion bo'lish. Bizda bundan boshqa maqsad yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar